Joriy yilning 17 dekabr kuni Surxondaryo viloyati hokimi Erkinjon Turdimov soat 19:00dan boşlab, «Surxondaryo» telekanalida jonli efirga uzatiladigan körsatuv orqali 2017 yildagi faoliyati va kelgusidagi vazifalari böyiça hisoboti hamda xalq bilan muloqoti bölib ötadi. Bu haqda viloyat hokimligi Matbuot xizmati Kun.uz'ga xabar bergan.

Ma'lum qilinişiça, uşbu sanada Erkinjon Oqbötayeviç Turdimovning Surxondaryo viloyati hokimi sifatida mehnat qilayotganiga bir yil töladi. Şuningdek, yakunlanib borayotgan yilda amalga oşirilgan işlar xalqqa keng taniştirilib, kelgusi yilda bajarilişi lozim bölgan çora-tadbirlar bevosita muloqot orqali şakllantiriladi. Viloyat aholisi özini qiziqtirgan savol va murojaatlarini Surxondaryo viloyat teleradiokompaniyasining 223 43-91; 223 45-97 telefon raqamlari orqali bildirişi mumkin.

Bundan avval, viloyat hokimi ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida vohadoşlarga oçiq murojaat yöllab, unda kundalik turmuş tarzida uçrab turgan muammolarni kötarib çiqqan, viloyat ijtimoiy-iqtisodiy yuksalişi uçun özining taklif va mulohazalarini faol bildirib kelayotgan yurtdoşlarga minnatdorçilik bildirgan. Erkinjon Turdimov ayrim mutasaddi va rahbarlar tomonidan murojaatlar tölaqonli örganilmayotgani uçun xalqdan uzr sörab, şunda vaziyatga kelgusida ta'sirçan uslublar orqali yondaşişini ta'kidlab ötgandi.