Parijning Ruassi–Şarl-de-Goll aeroportida mahalliy daydi inkassatorlik idorasi içiga kirib, u yerdan 300 ming yevroni olib çiqib ketdi. Bu haqda Le Parisien naşri xabar bermoqda.
Aeroportda joylaşgan qimmatbaho buyumlar saqlanuvçi idorada bir neça kun avval signalizatsiya tizimi işlab ketgan. Voqea joyiga yetib kelgan politsiyaçilar idoraning eşigi oçiqligini, biroq uning içida heç kim yöqligini aniqlaşgan.
Kuzatuv kameralaridan olingan yozuvlar tekşirilgandan keyin idoraga daydi kirgani aniqlangan. U idora oldidagi çiqindi idişlarini timirskilayotganda bexosdan idora eşigiga turtinib ketgan, eşik esa osongina oçilgan.
Daydi içkariga kirib, u yerdan ikki qop pulni olgança noma'lum tomonga qarab jönab qolgan.
Politsiyaçilar aeroport hududida izğib yuradigan boşqa daydilarni söroq qilişgan. Daydilarning aytişiça, gumonlanuvçi ularning orasida boşqa paydo bölmagan. “Endi unga çiqindi idişlarini kovlab yurişga hojat qolmadi”, deb kinoya qilgan tergovçilardan biri.
Inkassatorlarga nisbatan qanday çora körilgani haqida heç narsa ma'lum qilinmagan.















