2017 yil 8 fevral kuni ijtimoiy tarmoqlarda milliy kinematografiya sohasida tarqatilayotgan axborotlar “Özbekkino” milliy agentligi tomonidan monitoring qilinganda “TIMUR FILM” MÇJ tomonidan suratga olingan “Daydi” nomli badiiy filmni jamoatçilik orasida tarğibot qilişda bir qator qonun buzilişi holatlariga yöl qöyilganligi aniqlandi. Bu haqda agentlik xabar berdi.
Jumladan, mazkur filmning treyleri, bannerlari va çiptalari çiqarilib, ularda maşhur kinoaktyor Morgan Frimanning Buyuk Britaniya va Janubiy koreyalik kinoijodkorlar tomonidan 2014 yilda işlab çiqarilgan “Sönggi ritsarlar” filmida suratga tuşgan qiyofasi aks ettirilgan. Ammo aktyorning qiyofasi filmning agentlikka taqdim etilgan nusxasida bölmagan, deyiladi agentlik rasmiy bildirişida.

Unda aytilişiça, “Biroq “TIMUR FILM” MÇJ tomoşabinlarning filmga nisbatan talabini kuçaytirişga erişiş maqsadida maşhur kino yulduzini filmda suratga tuşganligini bildiruvçi yolğon (çalğituvçi) ma'lumotlar tarqatib, iste'molçilarning (tomoşabinlar) huquqlarini paymol qilgan. Bu holat filmga nisbatan yuqori qiziqişni uyğotib, uni tomoşa qilişga bölgan talabning sun'iy ravişda oşişiga sabab bölmoqda”.

Özbekiston Respublikasining “Iste'molçilarning huquqlarini himoya qiliş töğrisida”gi Qonunining 6-moddasi talabiga köra, işlab çiqaruvçi iste'molçiga özi realizatsiya qilayotgan tovarlari haqida öz vaqtida zarur, töğri va tuşunarli ma'lumot berişi şart. Qonunning 23-moddasida davlat iste'molçilarning tovar sotib olişi va undan foydalaniş çoğidagi huquqlari hamda qonun bilan qöriqlanadigan manfaatlarini himoya qilişi belgilangan.
Rasmiy bildirişda aytilişiça, “TIMUR FILM” MÇJ studiyasi “Daydi” filmida bir qator xorijiy filmlardagi kadrlardan foydalanib, Özbekiston Respublikasining “Mualliflik huquqi va turdoş huquqlar töğrisida”gi Qonuni 19-moddasi talabini ham buzgan. Şulardan kelib çiqib, uşbu holatlar böyiça Xususiylaştiriş, monopoliyadan çiqariş va raqobatni rivojlantiriş davlat qömitasiga hamda Intellektual mulk agentligiga rasmiy taqdimnoma kiritildi.


















