Özbekistonda Hollivud yulduzi Morgan Friman suratidan kino reklamasida beruxsat foydalangani bois namoyişi töxtatilgan “Daydi” filmi ekranlarga çiqdi. Film rejissyori Sirojbek Abdullayevning KUN.UZ’ga xabar berişiça, kartina 11 oktabrdan ekranlarga çiqqan.

Sirojbek Abdullayevning rejissyor sifatidagi ilk filmi 11 fevraldan ekranlarga çiqarilişi lozim edi. Biroq "Özbekkino" agentligi filmni reklama qilişda bir qator qonunbuziliş holatlari kuzatilgani sabab film taqdimotini ötkaziş va uni namoyiş qilişni töxtatib qöygandi.

Rejissyorning bildirişiça, kamçiliklarni bartaraf qilgaç, film namoyişiga qayta ruxsat olgan.