12 dekabr kuni Germaniya çempionatining 16-turi doirasida 4 uçraşuv ötkazildi. 

Dormundning «Borussiya» klubi safarda «Maynts»ni yengdi (2:0). Öyindagi gollarga Sokratis Papastatopulos va Sindzi Kagava muallif böldi.

Şu tariqa, «Borussiya» yangi murabbiy Peter Ştyoger boşçiligidagi ilk öyindayoq ğalaba qozondi va Germaniya çempionatida 8 uçraşuvdan iborat bölgan ğalabasiz seriyasiga barham berdi. Bu ğalaba «Borussiya» uçun 30 sentabrdan buyon ilk ğalaba böldi. Bu ğalaba evaziga dortmundliklar turnir jadvalida sakkizinçi örindan törtinçi öringa kötarildi.

Şteger ötgan haftada Peter Bos örniga mavsum oxiriga qadar «Borussiya» murabbiyi etib tayinlangandi.

«Volfsburg» va «RB Leyptsig» uçraşuvida ğolib aniqlanmadi. Volfsburgdagi «Folksvagen-Arena» stadionida keçgan uçraşuv 1:1 hisobida yakunlandi.

Öyinning 15-daqiqasida mezbonlar yarimhimoyaçisi Paul Verxag penaltini aniq amalga oşirib, «börilar»ni oldinga boşlagandi, ammo ikkinçi bölim boşida Martsel Halstenberg hisobni tenglaştirdi.

«Volfsburg» bu natijadan keyin 19 oçko bilan Bundesliga turnir jadvalida 11-poğonada. «RB Leyptsig» 28 oçkosi bilan ikkinçi örinda joylaşgan.

Tur doirasidagi boşqa uçraşuvlarda «Hamburg» «Ayntraxt»ga yutqazdi (1:2), «Frayburg» Myonxengladbaxning «Borussiya»sini mağlub etdi (1:0).

Germaniya çempionati
16-tur
Maynts – Borussiya D 0:2 (0:0, 0:2)
Gollar: 0:1 – 55 Papastatopulos, 0:2 – 89 Kagava.
Maynts – Tsentner, Balogun, Gbamen (Xak, 46), Diallo, Fray, Donati (Maksim, 64), Brosinski, Serdar, Lattsa, Kvayson (Xoltmann, 76), Berggren.
Borussiya D – Byurki, Tolyan, Papastatopulos, Toprak, Şmeltser, Kagava, Vaygl, Gerreyru (Şaxin, 90), Yarmolenko, Obameyang, Pulişiç (Daud, 70).

Frayburg – Borussiya M 1:0 (1:0, 0:0)
Gol: 1:0 – 20, penalti Petersen.
Frayburg – Şvolov, Ştentsel, Kox, Seyundjyu, Gyunter, Rave, Xaberer, Xefler, Terratsino (Serro, 90), Petersen (Stanko, 78), Klyayndinst (Kat, 83).