Xitoyda öziga topşirilgan bolani döpposlagan enaga hibsga olindi. Liftdagi kameralar u bolani onasi bilan xayrlaşgandan keyin lift içida şafqatsizlarça urganini qayd qilgan.   

Uşbu video CCTV telekanali tomondan körsatilgan. 

Videoda ona farzandini enagaga topşirib, ular bilan xayrlaşgani tasvirlangan. Enaga yiğlayotgan bola bilan liftga kirgaç, uni kaltaklaş bilan qörqita boşlaydi. Söngra norasida bolaning qorin sohasiga bir neçta kuçli muştlar tuşiradi. Bu bilan “kifoyalanib qolmagan” enaga bolani aravaçaga qöygaç, uning boşiga ham ura ketadi. Beçora bola bu zarbalardan keyin bukçayib qolgan.

Kuzatuv kameralarida bölib ötgan voqeani körgan bino qöriqçisi videoyozuvni bolaning ota-onasiga bergan. Ular esa politsiyaga murojaat qilişgan. Berahm ayol öşa kunning özida hibsga olingan. Politsiya şuningdek bu “quturgan” enagani mijozlarga jönatgan agentlikni ham tekşirmoqda. Ta'kidlanişiça, enagaga katta maoş tölangan.