Qirğiziston prezidenti Sooronbay Jeenbekov «Qirğiziston Respublikasi va Özbekiston Respublikasi hukumatlari örtasida tuzilgan Soliq qonunçiligiga rioya qiliş masalalari böyiça hamkorlik va özaro yordam töğrisidagi bitimni ratifikatsiya qiliş haqidagi» qonunni imzoladi. Bu haqda Qirğiziston Respublikasi prezidenti matbuot xizmati xabar bergan.
Özbekiston va Qirğiziston örtasidagi bu hujjat şu yilning 5 sentabrida Özbekiston prezidentining Qirğizistonga taşrifi vaqtida, Bişkek şahrida tuzilgandi.
Qonun Jöqorğu Keneş tomonidan 2017 yilning 7 dekabr kuni qabul qilindi.
Kelişuv aloqalarni mustahkamlaş, muvofiqlikdagi faoliyatni ta'minlaş, soliq sohasidagi qonun buziliş holatlari töğrisida ogohlantiriş, şuningdek, soliq masalalarida özaro yordam körsatişni nazarda tutadi.
Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev Qirğiziston bilan hamkorlik haqidagi uşbu kelişuvni noyabr oyida ma'qullagandi.
















