PepsiCo kompaniyasi Tesla’ning Semi elektr yuk maşinasidan 100 tasiga buyurtma berdi.
Kompaniya bu yuk maşinalaridan işlab çiqariş joylari, mahsulotni tarqatiş punktlari va riteylerlar örtasida, 800 km gaça bölgan masofada mahsulotlarni taşişda foydalanmoqçi. Ta'kidlanişiça, hozirda kompaniya qanday yönalişlar Tesla yuk maşinalariga köproq töğri kelişini tahlil qilmoqda.
Ma'lum qilinişiça, Tesla Semi yuk maşinalari PepsiCo’ning 2030 yilgaça issiqxona gazlarini atrofga çiqariş hajmini 20 foizga kamaytiriş rejalari doirasida sotib olinmoqda. Şartnoma summasi oşkor qilinmagan.
Tesla avvalroq töliq elektrlaşgan va yarimavtonom yuk maşinasi Tesla Semi’ni namoyiş qilgandi. Maşina 2019 yildan seriyali işlab çiqarilişi rejalaştirilgan.
Reuters axborot agentligi hisob-kitobiga köra, bir qator kompaniyalar umumiy hisobda Tesla’ning 267 ta yuk maşinasiga buyurtma bergan.

















