Özbekiston Respublikasi prezidenti Şavkat Mirziyoyevning “Xalqaro şartnomani tasdiqlaş töğrisida”gi qarori e'lon qilindi.
1. Özbekiston Respublikasi Hukumati bilan Qirğiziston Respublikasi Hukumati örtasida 1996 yil 4 sentabrda imzolangan xalqaro avtomobil qatnovi töğrisidagi Bitimga özgartirişlar kiritiş töğrisida 2017 yil 6 oktabr kuni Toşkent şahrida imzolangan Bayonnoma tasdiqlandi.
2. Özbekiston Respublikasi Taşqi işlar vazirligi Özbekiston Respublikasi mazkur xalqaro şartnomaning kuçga kirişi uçun zarur bölgan içki davlat tartib-taomillarini bajargani haqida qirğiz tomoniga tegişli bildirişnoma yuboradi.
3. Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi hamda tegişli vazirliklar va idoralarning rahbarlari mazkur xalqaro şartnoma kuçga kirgandan söng Özbekiston Respublikasining majburiyatlari bajarilişi ustidan nazoratni belgilangan tartibda ta'minlaydi.
4. Uşbu qarorning ijrosini nazorat qiliş Özbekiston Respublikasining Boş vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklandi.











