Özbekiston Futbol Federatsiyasi Özbekiston milliy terma jamoasi va Eron terma jamoasi örtasida örtoqlik uçraşuvi ötkaziş borasida kelişuvga erişildi. Bu haqda taşkilot rasmiy sayti xabar tarqatdi.
Manba bergan xabarga köra, bu örtoqlik uçraşuv 2018 yilning 18 may kuni Eronda bölib ötadi. Öyin bölib ötadigan şahar nomiga hozirça oydinlik kiritilmagan.
Ma'lumot uçun, Eron terma jamoasi JÇ saralaşida Özbekiston milliy terma jamoasi bilan bir guruhdan joy olib, vakillarimizga qarşi uçraşuvlarda 1:0 va 2:0 hisobida ğalaba qozongan va birinçilardan bölib JÇga yöllanmani qölga kiritgandi.
Eron milliy terma jamoasi Özbekiston terma jamoasiga qarşi örtoqlik öyini orqali Jahon çempionatiga sönggi tayyorgarlikni olib boradi. Terma jamoa Jahon çempionatida «B» guruhidan örin olgan bölib, guruhdan çiqiş uçun Portugaliya, Ispaniya va Marokaş terma jamoalariga qarşi bahs olib boradi.
Eslatib ötamiz, avvalroq, Özbekiston milliy terma jamoasi kelasi yilning 27 mart kuni Marokaş milliy terma jamoasiga qarşi örtoqlik öyini ötkazişi xabar qilingandi.

















