Osiyoning eng zör boksçilarini aniqlab beruvçi The Best of the Asians 2017 ovoz beriş jarayoni öz nihoyasiga yetdi. Unda 14 toifa böyiça ğoliblar e'lon qilindi. Ijtimoiy tarmoqlardagi ovoz beriş jarayoni Osiyo boks konfederatsiyasining katta yutuği böldi.
Özbekiston The Best of the Asians—2017 marosimida köplab nominatsiyalarda ğoliblikni qölga kiritdi.

69 kilogramm vazn toifasida mamlakat şarafini xalqaro maydonda munosib himoya qila olgan Şahram Ğiyosov yilning eng yaxşi erkak boksçisi (The Best Asian Man Elite Boxer) sifatida tan olindi. Ğiyosov 2017 yilda AIBA versiyasi böyiça jahon çempioni (Hamburgdagi jahon çempionatida) va ASBC versiyasi böyiça Osiyo çempioni (Toşkentdagi Osiyo çempionatida) bölgandi.
2017 yilning eng yaxşi osiyolik boksçisi nominatsiyasida ğolib: Şahram Ğiyosov, Özbekiston, 69 kilogramm.
Osiyoning eng yaxşi boksçilari nominatsiyasida Top-3 ğoliblar röyxati:
1. Şahram Ğiyosov (Özbekiston) - 57,2 foiz;
2. Hasanboy Dösmatov (Özbekiston) - 32,8 foiz;
3. Qayrat Yeraliyev (Qozoğiston) - 6,1 foiz.
2017 yilning eng zör yoş boksçilari - Best Asian Men's Youth Boxers in 2017 nominatsiyasida hamyurtimiz Rajabboy Otanazarov 34,4 foiz ovoz töplab, ikkinçi örinni egalladi. Undan oldingi, 1-örinni olgan hindistonlik Saçin Sivaç Singx 36,2 foiz ovoz töpladi, yaponiyalik Hayato Tsutsumi esa 23,5 foiz bilan 3-örinni egalladi.
Osiyoning ösmirlar örtasidagi eng yaxşi boksçisi - Best Asian Men's Junior Boxers in 2017 nominatsiyasida özbekistonlik Javlonbek Yöldoşev 42,6 foiz ovoz töplab, ikkinçi örindan joy oldi. Top-3 quyidagiça köriniş oldi:
1. Sara Tanaka (Yaponiya) - 43,2 foiz;
2. Javlonbek Yöldoşev (Özbekiston) - 42,6 foiz;
3. Beybars Jyeksen (Qozoğiston) - 5,1 foiz.
















