2017 yilning 12 dekabr kuni Özbekiston Respublikasi uçun 1948 yil 9 iyulda San-Frantsisko şahrida (AQŞ) imzolangan Xalqaro mehnat taşkilotining birlaşmalar erkinligi va kasaba uyuşmalariga birlaşiş huquqini himoya qiliş töğrisidagi 87-sonli Konventsiyasi kuçga kirdi. Bu haqda TIV axborot xizmati xabar bergan.
Özbekistonning uşbu Konventsiyaga qöşilişi 1948 yildagi Inson huquqlari böyiça umumjahon deklaratsiyasida öz ifodasini topgan, har bir insonning uyuşmalarga birlaşiş huquqini kafolatlovçi va inson huquqlarini himoya qiluvçi umume'tirof etilgan me'yorlarga hamda Xalqaro mehnat taşkilotining fundamental konvensiyalariga Özbekiston sodiq ekanligini yana bir bor tasdiqladi.
Hujjat ilğor xalqaro tajriba asosida kasaba uyuşmalarini yanada rivojlantiriş uçun mustahkam huquqiy asos yaratadi.

















