Özbekiston milliy terma jamoasi Marokaş milliy terma jamoasiga qarşi örtoqlik öyini ötkaziş böyiça kelişuvga erişdi. Bu haqda ÖFF rasmiy sayti xabar tarqatdi.

Manba bergan xabarga köra, uçraşuv 2018 yilning 27 mart kuni Marokaşning Kasablanka şahrida bölib ötadi.

2018 yilda Rossiyada bölib ötadigan Jahon çempionati oldidan FIFA kunlari faqat mart oyida mavjud. Tabiiyki, bu kunlarda JÇ yöllanmasini qölga kiritgan jamoalar kuçli raqiblarga qarşi bahs olib borişga harakat qilişadi. Özbekiston futbol federatsiyasi birinçilardan bölib Jahon çempionati oldidan mundial qatnaşçisi bilan örtoqlik öyini ötkaziş böyiça kelişuvga erişdi.

Ma'lumot uçun, Marokaş terma jamoasi 2018 yil Rossiyada bölib ötadigan Jahon çempionatiga yöllanmani qölga kiritgan bölib, «B» guruhida Portugaliya, Ispaniya va Eron terma jamoalariga qarşi bahs olib boradi.

Fransiyalik mutaxassis Erve Renar şogirdlari JÇ saralaşining «S» guruhidagi sönggi öyinda Kot d‘Ivuar terma jamoasini 2:0 hisobida mağlubiyatga uçratib, mundial yöllanmasini qölga kiritgan. Sönggi bor marokaşliklar 1998 yil Fransiyada ötgan jahon çempionatida qatnaşgan. Marokaş terma jamoasi tarkibida Mexdi Benatiya, Muborak Bussufa, Nabil Dirar kabi maşhur futbolçilar töp suradi.