Özbekistonning 2017 yildagi real yalpi içki mahsuloti 6,5 foizga ösadi. Bu haqda BMTning “Jahon iqtisodiyoti holati va 2018 yil uçun istiqbollar” deb nomlangan ma'ruzasida aytilgan.
BMTning baholaşiça, Özbekiston iqtisodiyoti 2018 yilda 6,4 foizga, 2019 yilda 6,1 foizga ösadi.
Mutaxassislarning prognozlariga köra, Özbekistonda 2017 yilda iste'molçilik narxlari inflyatsiyasi 10,5 foizga, 2018 yilda 8,1 foizga, 2019 yilda esa 7,6 foizga ösadi.
Ma'ruza mualliflari MDHda iqtisodiy faoliyat faollaşganini ma'lum qilişgan. Hisobotda aytilişiça, Özbekiston, Rossiya, Qozoğiston, Qirğiziston va Armanistonda iqtisodiyot jonlanmoqda.
Prognozlarga köra, Markaziy Osiyo yalpi içki mahsuloti ösişi 2017 yilda 2,2 foizni, 2018 yilda 2,3 va 2019 yilda 2,4 foizni taşkil qiladi.
Markaziy Osiyo davlatlari iqtisodiyoti pul ötkazmalari oqimi oşişi, “Bir kamar – bir yöl” taşabbusining amalga oşirilişi, ba'zi hollarda rivojlanişning byudjyet mablağlaridan moliyalaştirilişi hisobiga MDHning qolgan davlatlaridan tezroq ösadi.

















