The Walt Disney Company kompaniyasi 21st Century Fox holdingi aktivlarini taxminan 60 milliard dollarga xarid qilişga yaqin turibdi. Bu haqda The Wall Street Journal gazetasining elektron versiyasi xabar bergan.

Uning manbalari ma'lumotiga köra, kelişuv haqida rasman bugun yoki ertaga e'lon qilişlari mumkin. Uni 21st Century Fox tuzilmalarida bölgan qarzdorlik hisobga olingan holda 60 milliard dollarga baholaşmoqda. 21st Century Fox sarmoyadorlari tranzaksiya yakunlari böyiça, taxminlarga köra, The Walt Disney Company’ning 25 foizlik uluşiga egalik qiladi.

Naşrning ta'kidlaşiça, The Walt Disney Company’ga ötadigan aktivlar orasida Twentieth Century Fox kino hamda telestudiyasi, qator kabel kanallar, jumladan sport yönalişidagilar ham bor. Fox News telekanali, qator boşqa kanallar, şuningdek Kaliforniya ştatining Los-Anjyeles şahrida joylaşgan kompaniya studiyasi esa sotilmaydi.

Gazeta ma'lumotlariga köra, ayni damda 21st Century Fox'ga egalik qiluvçi Rupert Merdok kelajakda 21st Century Fox’ning kelişuvdan söng qolgan aktivlarini özining News Corp kompaniyasi bilan birlaştiriş niyatida. Sönggisi, öz navbatida, The Wall Street Journal gazetasining egasidir.

Naşr ma'lumotiga köra, The Walt Disney Company kompaniyasi tomonidan 21st Century Fox aktivlarining sotib olinişi, unga tarmoqli multimediya servislari bozoridagi öz pozitsiyalarini ança mustahkamlaş imkonini beradi. Maqolada aytilişiça, tranzaksiya şuningdek The Walt Disney Company’ga Netflix videoservisi bilan ança samarali raqobat qilişga ham yordam beradi.