AQŞning Pensilvaniya ştatida noma'lum şaxs Wallmart supermarketida özgalar tomondan olinib, biroq puli tölanmagani sababli çetga olib qöyilgan 40 ming dollarlik tovarlarning pulini tölab berdi. Supermarket xodimlarining ta'kidlaşlariça, u bu xotamtoyligi bilan 200 oilani xursand qilgan.
Supermarket xodimlari xaridni keyinga qoldirgan mijozlarga telefon qilib, ularning xaridlari puli tölab berilgani va ularni olib ketişlari mumkinligini ma'lum qilişgan. Mahalliy fuqarolardan biri Kristen Martinning aytişiça, u xaridga pul tölay olmagani uçun dökondan uyiga juda asabiy qaytgan. Uning ta'kidlaşiça, köpçilik bayram vaqtida moliyaviy qiyinçiliklarga duç keladi.
“Dekabrda haqiqatan katta summadagi hisoblar keldi. Menga suv uçun 800 dollarlik hisob keldi va şu sababli men xaridlarning bir qismini keyinga qoldirişimga töğri kelgandi”, deb eslamoqda Martin.
Supermarket xodimasi Barbara Karnsning aytişiça, u bu yerdagi 20 yillik faoliyati davomida “bunday xotamtoylikni hali körmagan”.
“Bu hududda bunday voqealar unça köp bölmaydi. Albatta, kimdir ba'zida özgalarning mahsulotlari yoki mayda-çuyda buyumlari pulini tölab beradi, biroq hali bunday yirigi bölmagan”, deb aytdi Karns.
Ötgan yil ham bu dökonda noma'lum kimsa özgalar xaridi pulini tölab bergan. Buni kim qilganini heç kim, hattoki dökon xodimlari ham bilişmaydi. Şuningdek, bu gal ham öşa odam bölganmi yoki boşqasi - noma'lum. Dökondagilar bu xotamtoyni “Santa B” deb ataşadi.












