Britaniyaning Buluell şahrida kamdan-kam uçraydigan tuğma nuqson – yurak ektopiyasiga ega bölgan qizaloq dunyoga keldi. Bu nuqsonda yurak kökrak qafasidan taşqarida joylaşgan böladi. Bu haqda The Guardian naşri xabar bermoqda.
Şifokorlar qizaloq bunday nuqson bilan tuğilişini homiladorlikning 9-haftasidayoq aniqlaşgan. Ular bolaning yaşab ketişiga imkoniyatlar juda ozligini ma'lum qilişgan: bunday nuqsonga ega çaqaloqlar yo ölik tuğiladilar, yo hayotlarining ilk kunlaridayoq nobud böladilar. Mutaxassislar qizçaning ota-onasiga abort qilişni tavsiya qilişgan, biroq ular bunga rozi bölmaganlar.
Qizça tirik tuğildi va u tuğilişi bilanoq unga uçta operatsiya qilindi. Bu operatsiyalarda 50 dan köproq şifokor iştirok etdi. Jarrohlar yangi kökrak qafasi şakllantirib, qizçaning yuragini uning içiga joylaşdi. Ta'kidlanişiça, buning evaziga qizça bunday nuqson bilan tuğilib, yaşab keta olgan Britaniyadagi ilk odam böldi.












