13 dekabr oqşomida Germaniya çempionatida 16-tur uçraşuvlari davom ettirildi.

«Bavariya» «Kyoln» ustidan kiçik ğalabaga erişdi. Myunxendagi «Alyants-Arena» stadionida keçgan uçraşuv maydon egalarining 1:0 hisobidagi ğalabasi bilan yakunlandi.

Birinçi bölimda Robert Levandovski Tomas Myullerning pasidan keyin darvozani işğol qildi va şu gol öyinda yagonaligini saqlab qoldi.

«Hoffenhaym» bu turda «Ştutgart» ustidan ğalabaga erişdi. Zinşaymdagi «Rayn-Nekar-Arena» stadionida keçgan uçraşuvda ham mezbon jamoaning kiçik hisobdagi ğalabasi qayd etildi - 1:0.

Öyinning 81-daqiqasida Mark Ut Pavel Kaderjabek pasini golga aylantirdi. «Ştutgart» çempionatda qatorasiga uçinçi uçraşuvda mağlub böldi.

«Hoffenhaym» endilikda oçkolari sonini 26taga yetkazgan va Bundesliga turnir jadvalida uçinçi öringa kötarilgan. «Ştutgart» 17 oçkosi bilan 14-poğonada joylaşgan.

Tur doirasidagi yana bir uçraşuvda «Herta» Salomon Kaluning dubli va Jordan Torunariganing bir goli evaziga «Hannover»ni mağlub etdi (3:1). Mehmonlar safida yagona golga Ixlas Bebu mualliflik qildi.

«Şalke-04» bu turda «Augsburg»ni qabul qildi va 3:2 hisobidagi ğalabaga erişdi.

Avvaliga «Şalke» 2:0 hisobida oldinga çiqib olgandi, keyin raqib hisobni tenglaştirişga erişdi, ammo öyin oxirida urilgan yana bir gol mezbonlarga ğalaba keltirdi. Ğoliblarning gollari Franko Di Santo, Gvido Burgştaller va Daniel Kalidjiuri tomonidan urildi, «Augsburg» uçun urilgan gollarga Fransisko Kayubi va Mixael Gregoriç muallif bölişdi.

Yana bir öyinda «Bayyer» «Verder»dan ustun keldi - 1:0.

Germaniya çempionati
16-tur
Bavariya – Kyoln 1:0 (0:0, 1:0)
Gol: 1:0 – 60 Levandovski.
Bavariya – Ştarke, Rafinya, Boateng, Zyule, Alaba, Tolisso (Xames, 46), Rudi, Vidal (Koman, 46), Myuller, Levandovski, Riberi (Kimmix, 76).
Kyoln – Xorn, Sorensen, Xorxe Mere, Xaynts, Olkovski, Ozdjan, Lemann (Klemens, 84), Xorn (Kusiç, 76), Yoyiç, Klyunter, Xandverker (Fyurlix, 66).