Kun.uz tahririyatiga Farğona viloyatidagi tadbirkor nomidan murojaat kelib tuşdi. Unda aytilişiça, «Qirguli kommunal servis» MÇJ rahbari D.Abdullayevning faoliyati Farğona şahar hokimligi tomonidan yaratilayotgan sun'iy tösiqlar tufayli kasodga uçramoqda. Uşbu masalaga oydinlik kiritiş maqsadida Kun.uz muxbiri dovon oşa Farğona vodiysi tomon yöl oldi.
Ma'lum qilinişiça, Abdullayev boşçiligida uç yildan buyon muvaffaqiyat bilan faoliyat olib borayotgan jamiyat Farğona şahri va uning atrofida yaşovçi aholiga kommunal xizmat körsatib keladi. Ya'ni, «Qirguli kommunal servis» MÇJ maişiy çiqindilarni yiğiştirib oliş, saralaş va qayta işlaş bilan şuğullandi. Kun.uz muxbiri bilan suhbatlaşgan işçilar maişiy çiqindi öz vaqtida yiğiştirib oliş uçun maxsus texnika vositalarining har birida GPS uzatgiçi örnatilgani, saralaş uçun esa maxsus maydon taşkil etilganini namoyiş etdi. Xodimlar maişiy çiqindilar orasidan non va sabzavot bölaklarini ajratib olib, yuvilgan holda çorva mollariga yemak sifatida beradi. Içimlik idişlari, şişalar ham isrof etilmay, qayta işlaş punktiga yuboriladi.

Şuningdek, jamiyat a'zolari aholiga sifatli xizmat körsatiş va tölovlarni öz vaqtida undirib oliş uçun «CleanCity» elektron billing tizimini işga tuşirgan bölib, har bir tölov şaffof va onlayn platforma orqali boşqarib boriladi. Aholi mobil ilova orqali pul ötkazmasini amalga oşirişi va şu zahoti kvitansiya çekini elektron tarzda qabul qilişi mumkin. Şuningdek, maxsus taşkil etilgan punktga taşrif buyurgan har bir mijoz tölovlarni naqd yoki bank plastik kartoçkasi orqali bajarişi belgilangan.

Zamonaviy talab va standartlarga mos işni yölga solgan tadbirkor endilikda umumiy qiymati 1,1 mlrd. sömni taşkil etuvçi tört bosqiçli loyihani amalga oşiriş uçun mahalliy banklardan biriga murojaat qilgandi.
Abdullayevning faoliyatini ijobiy baholagan bank mutasaddilarni unga yirik miqdordagi kredit mablağlarini taqdim qilgan. Bir qaraganda barça iş joyida, loyiha işga tuşirilgan.
Ammo, Farğona şahar hokimi örinbosari R.Rahimjonov raisligida ötkazilgan yiğilişda şahardagi mahalla fuqarolar yiğinlari hududlariga sanitar korxonalarni biriktiriş böyiça qaror qabul qilindi. 2017 yilning mart oyiga qadar



















