Google kompaniyasi «Qidiruvdagi bir yil» yillik töplamining ön yettinçisini e'lon qildi. Bu töplam qidiruv tizimi versiyasi böyiça yilning jahonşumul hodisa va voqealari va eng dolzarb masalalariga bağişlanadi.
2017 yilda foydalanuvçilarni eng qiziqtirgan savollar «Örmon yonğinlari qanday boşlanadi?», «Şimoliy koreyaliklarning raketalari neçoğlik uzoqqa uça oladi?», «Jahonda qoçqinlar soni qança?», «Dovullar qanday paydo böladi?», «Qanday qilib kuçli ayol böliş mumkin?» va boşqalar bölgan.
Foydalanuvçilar eng köp «Irma» dovuli hamda yangi iPhone 8 va iPhone X haqida ma'lumotlarni qidiruvga berişgan. Şuningdek, NBC kanalining Today dasturini olib boruvçi, işqiy mojarolar tufayli işdan böşatilgan Mett Lauer haqida ham köproq bilib olişga harakat qilişgan.















