AQŞning Pensilvaniya ştati universiteti hududida röy bergan otişma oqibatida ikki kişi halok böldi, deb xabar bermoqda Triblive portali tezkor xizmat xodimiga tayangan holda.

Hodisa ovqatlaniş joyi yonidagi Beaver kampusida mahalliy vaqt bilan soat 15:41da röy bergan. Kampus saytida u yopiq ekani xabar berilmoqda.

Universitet ma'muriyatining Facebook’dagi öz sahifasida ma'lum qilişiça, talabalar otişma natijasida jabrlanmagan. WGAL telekanalining politsiyaga tayangan holda xabar berişiça, otişmani universitetda işlagan ayollardan birining turmuş örtoği sodir etgan. U ayolni öldirgan, söng öz joniga qasd qilgani aytilmoqda.

Voqea joyida politsiya xodimlari işlaşmoqda, talabalardan fud-kort va talabalar ittifoqi binosi joylaşgan yerga yaqinlaşmaslik söralgan.

Eslatib ötamiz, oktabr oyi oxirlarida Solt-Leyk-Sitidagi Yuta Universiteti kampusida ham otişma röy bergan bölib, öşanda bir kişi halok bölgandi.