Özbekiston va Qirğiziston prezidentlarining tor va keng doiradagi muzokaralaridan söng ikki tomonlama hujjatlar imzolaş marosimi bölib ötdi.
Oliy darajadagi uçraşuv va muzokaralarda siyosiy, savdo-iqtisodiy, transport-kommunikatsiya, madaniy-gumanitar va boşqa sohalardagi davlatlararo aloqalarning bugungi holati va yanada rivojlantiriş istiqbollari, çegaraoldi hamkorlik masalalari, ayrim mintaqaviy va xalqaro muammolarni muhokama qilindi.
Şavkat Mirziyoyev va Sooronbay Jeenbekov örtasida avvaliga Qöşma bayonot imzolangan.
Şuningdek, tomonlar örtasida quyidagi hujjatlarga imzo çekildi:
2018-2021 yillarda Özbekiston Respublikasi va Qirğiziston Respublikasi hukumatlari örtasida iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy va gumanitar hamkorlik dasturi;
Özbekiston Respublikasi va Qirğiziston Respublikasi Bojxona xizmatlari örtasida tovarlar va transport vositalarining olib ötilişida bojxona operatsiyalarini amalga oşirişning soddalaştirilgan tartibini taşkil etiş töğrisidagi bitim («Soddalaştirilgan bojxona yölagi»);
Özbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi va Qirğiziston Respublikasi Fanlar akademiyasi örtasida ilmiy-texnik hamkorlik böyiça kelişuv;
Özbekiston Respublikasi Favaqulodda vaziyatlar vazirligi va Qirğiziston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi örtasida 2018 yilda favqulodda vaziyatlarning oldini oliş va ularni bartaraf etiş böyiça tadbirlar rejasi;
Özbekiston Respublikasi Kasaba uyuşmalari Federatsiyasi va Qirğiziston Respublikasi Kasaba uyuşmalari Federatsiyasi örtasida hamkorlik kelişuvi;
Özbekiston Yoşlar ittifoqi Markaziy Kengaşi va Qirğiziston Respublikasi hukumati qoşidagi Yoşlar, jismoniy tarbiya va sport davlat agentligi örtasida özaro anglaşuv memorandumi.
Şavkat Mirziyoyev Qirğiziston Prezidentining birinçi taşrifi çoğida imzolangan hujjatlar xalqlarimizning talab va istaklaridan kelib çiqib qabul qilingani, ular mamlakatlarimiz örtasidagi döstlik va hamkorlikni yanada rivojlantirişda muhim omil bölişini qayd etdi.
Sooronboy Jeenbekov erişilgan kelişuvlar xalqlarimiz kutgan voqea bölganini, özaro munosabatlar tarixida qoladigan şunday xayrli işlarga hissa qöşganidan mamnun ekanini ta'kidladi.












