Qozoğistonning Qarağanda viloyatidagi “ArselorMittal Temirtau” AJ konlarida bir neça kun davom etgan iş taşlaşlar yakunlandi. Iş taşlaşda iştirok etgan va konlar içidan taşqariga çiqişni istamagan barça konçilar taşqariga çiqişdi. Konçilar iş beruvçidan maoşlari oşirilişi va işlaş şaroitlari yaxşilanişini talab qilişgandi.

11 dekabrda ArcelorMittal’ning 4 ta konida 200 ga yaqin konçi smena yakunlangandan keyin iş joylarini tark etişdan boş tortganlar. Şundan keyin kompaniyaning mahalliy bölinmasi rahbariyati va konçilar kasaba uyuşmalari örtasida muloqot boşlangan. 12 dekabrda Qozoğiston mehnat vaziri Tamara Duysenova taşqariga 680 dan köproq konçi çiqişni istamayotganini ma'lum qilgan. Uşbu iş taşlaş Qozoğiston boş vaziri Bakitjan Sağintayevning ArcelorMittal’ning asosiy aksiyadori Lakşmi Mittal bilan muloqot qilişiga sabab bölgan. 13 dekabrda Qarağanda gubernatori bilan suhbatdan keyin 150 dan köproq, 14 dekabrda yana 100 ga yaqin konçi yuqoriga kötarilgan.

Ma'lumotlarga köra, 14 dekabrda yer ostida yana 400 ga yaqin konçi qolayotgandi. 15 dekabr mahalliy vaqt bilan soat 01.00ga qadar ular ham taşqariga çiqişga rozi bölişgan.

Konçilarga iş beruvçi tomondan yangi şartlar öqib eşittirilgan.

“Yer ostida işlovçi barça işçilarning maoşi 30 foizga oşiriladi. Taşqarida işlovçilarning maoşlari oşirilişi keyingi muzokaralar davomida kelişuv komissiyasi tomondan belgilanadi. Kompaniyaning kömir departamenti işçilariga bir oylik iş haqi miqdorida mukofot puli tölanadi”, deyilgan xabarda.

“Iş beruvçi va kompaniya örtasidagi muzokaralar kelişuv komissiyasi doirasida davom ettiriladi. Bu komissiya tarkibiga taşabbus guruhlari a'zolari, kasaba uyuşma qömitalari, prokuratura vakillari, konlar, viloyat va AMT kompaniyasi rahbarlari kiradi”, deb aytilgan xabarda.