Namanganlik B.Qudratov (ism-familiyalar özgartirilgan) 2014 yilning 28 aprelida hamqişloqlari Ş.Rixsiyev va R.Jörayevni qop-qop va'dalar bilan özi ön yildan beri işlab kelayotgan Rossiyaning Ufa şahriga akasi orqali çaqirtirib oladi, deb yozmoqda “Huquq” gazetasi.

U traktor haydaş, mol boqiş singari qişloq xöjaligi işlariga taklif etgan ikki hamqişloğining yöl xarajatlarini öz zimmasiga olib, ularning Rossiyaga yetib kelişlari uçun pul ham jönatadi. Hamyurtlari yetib kelgaç, ularning fuqarolik pasportlarini olib qöyadi. Aslida, musofir işçilarning qanotlarini qayirib, qafasga solib qöyiş maqsadida bölsa-da, bu qilmişini göyo ularning tinçini öylayotgani, vaqtinçalik hujjat tayyorlab bermoqçi ekani bilan izohlaydi. Iyun oyida u yana ikki hamyurti – qarindoşi Z.Hamidov va K.Boltaboyevni ham şu yöl bilan Ufa şahriga çaqirib oladi.

B.Qudratovning Rossiyada tatar millatiga mansub J.Nigmatullin ismli şerigi bölib, kelgan işçilar nazorati uning qöliga ötadi. Jamoa xöjaligida tört musofir J.Nigmatullin va B.Qudratovning şafqatsiz tazyiqi ostida erta tongdan yarim tunga qadar dam oliş kunisiz işlaşadi. Ularga va'da qilingan iş haqi esa berilmaydi. Musofirlar kunlab oç qolib, özlari işlayotgan molxonada tunaşga majbur bölişadi. Traktorda yer haydaş bilan şuğullangan K.Boltaboyev va R.Jörayev J.Nigmatullinning tazyiqi ostida soğliqlarini xavfga qöyib, dalaga bir neça kunlab zaharli kimyoviy dorilar sepişga majbur qilinadi.

B.Qudratovning qarindoşi bölgan Z.Hamidov unga mehnat şaroiti yomon ekanligi, iş haqi olmayotganidan şikoyat qilib, uyiga qaytib ketişiga yordam berişni söraganida, B.Qudratov ruxsat bermaydi:

-  Buni xayolingizga ham keltirmang! Aks holda, öldirib yuboramiz!...

Öz qarindoşiga şunday dağdağa bilan muomala qilgan zöravonning boşqa işçilarga qanday munosabatda bölişini biliş qiyin emas.

Nihoyat, azob-uqubatlar va nohaqliklar jonidan ötgan R.Jörayev 2014 yilning sentabr oyida B.Qudratovdan 4 oy davomida olmagan iş haqini söraydi va yurtiga qaytişini aytadi. Aks holda, tegişli joyga arz qilmoqçi ekanini ham jur'at bilan “qistirib ötadi”. Şundan keyingina zöravon sal “pastga tuşib”, uni uyiga kuzatib yuborar ekan, dehqonçilik yaxşi bölmagani bois iş haqlarini berolmagani, tez orada ortidan jönatib yuborişni va'da qiladi.

R.Jörayev jönab ketganidan keyin şaroit önglanmasligiga aqli yetgan K.Boltayev ham huddi şunday yöl tutadi. B.Qudratov esa uni ham bir dunyo va'dalar bilan yurtiga kuzatadi. Noyabr oyida R.Jörayev şu tariqa Özbekistonga qaytadi.

Z.Hamidovgina musofirçilikning azob-uqubatlariga yana bir yil çidaydi. 2015 yilning noyabr oyida u vataniga qaytadi. Albatta, heç vaqosiz va qop-qop va'dalarni ortmoqlagança...