Ingliz jarrohi Saymon Bremxoll sud oldida ikki bemorning içki a'zolarida öz ismi-şarifining boş harflarini öyib tuşirganini tan oldi. Bu haqda The Telegraph naşri xabar bermoqda. 

Gap şifokor 2013 yilning fevral va avgustida amalga oşirgan, jigarlarni köçirib ötkaziş operatsiyalari haqida ketmoqda. U lazer nuri yordamida bemorlar jigarida SB harflarini öyib tuşirgan.

Bremxoll unga qöyilgan “tan jarohatlari yetkaziş” moddasi böyiça emas, balki “hujum qiliş” moddasi böyiça aybini tan olgan.

Jarrohlar lazer nurini jigarda qon oqişini töxtatiş hamda operatsiya qilinadigan joyni belgilaşda qöllaydilar. Odatda lazer nurining izlari ma'lum vaqtdan keyin yöqolib ketadi.

Biroq Bremxoll operatsiya qilgan bemorlardan birida bu izlar saqlanib qolgan va boşqa şifokor ötkazgan qayta operatsiya vaqtida aniqlangan.

Prokuror Toni Bedenoçning aytişiça, “bu noodatiy va murakkab iş” bölib, jinoyat huquqida hali bunday iş bölmagan.

Bremxoll Birmingemdagi qiroliça Yelizaveta şifoxonasida 12 yil işlagan. 2014 yilda unga qarşi intizomiy tergov boşlangandan keyin iste'foga çiqqan. Bremxollning bemorlaridan biri şifokor uning hayotini saqlab qolganini aytib, uni işiga qaytarişni söragan.

Sobiq jarrohga hukm 12 yanvarda çiqarilişi kutilmoqda.