Endi umid «Tottenhem»dan. APLda tur öyinlari anonsi
|21:40 / 16.12.201714 1429 min
Angliya premer-ligasining 18-turidan örin olgan uçraşuvlar start oladi. TOP-6likning qariyb barçasi çempionlikdan umidini uzganini tan olayotgan bölsada, ligada hali kuraş davom etadi. Joriy turda, endi «Tottenhem» «Mançester Siti»ning seriyasiga yakun yasaşga urinib köradi. Tribuna.Uz an'anaviy ravişda eng ommabop çempionat öyinlariga batafsil töxtalib ötadi.
Angliya premer-ligasi
18-tur
«Arsenal» – «Nyukasl»
Boşlaniş vaqti: 16 dekabr, 20:00 Translyatsiya: Matç! Futbol 1 (yozib olingan holda)
Öyinoldi qiziqarli faktlar
«Arsenal» «Nyukasl»ga qarşi APL doirasidagi sönggi 9 uçraşuvning barçasida ğalaba qozongan, 22 gol urib, 6 marta gol ötkazib yuborgan.
Olive Jiru APLda eng köp (8ta gol) «Nyukasl» darvozasini işğol qilgan. Şuningdek «Emireyts»da keçgan 4 uçraşuvda «Nyukasl» darvozasiga urilgan oltita golda (5 gol, 1ta golli pas) iştirok etgan.
«Nyukasl» «Arsenal» uyiga taşrif buyurgan sönggi beşta uçraşuvda mağlubiyatga uçragan. Sönggi marta jamoa bu stadionda 2010 yilning noyabrida ğalaba qozonib qaytgan.
Rafael Benites APL doirasida heç qaçon «Arsenal»ni mağlub eta olmagan. (2 durang, 4 mağlubiyat).
Yöqotişlar
Santi Kasorla, Şkodran Mustafi va Aaron Remzi jarohati sabab bu uçraşuvda maydonga tuşa olmaydi. Teo Uolkottning iştiroki esa söroq ostida qolmoqda.
«Nyukasl» tarkibida hujumçi Aleksandr Mitroviç jarohati,Xesus Games va Jonjo Şelvi esa diskvalifikatsiya tufayli maydonga tuşa olmaydi. Pol Dammit esa avgust oyidan buyon ilk marta yana safga qaytişi mumkin böladi.
«Çelsi» – «Sauthempton»
Boşlaniş vaqti: 16 dekabr, 20:00 Translyatsiya: UzReport TV, Matç! Futbol 1
Mavzuga oid
Öyinoldi qiziqarli faktlar
«Çelsi» «Sauthemptonga qarşi Premer-liga doirasidagi sönggi uç uçraşuvda ğalaba qozongan, lekin sönggi marta2015 yilning noyabrida «Stemford Brij» 1:3 hisobida yutqazgan.
Antonio Konte «Çelsi» murabbiylari içida şu davrgaça bölgan muddatda ğalabalar foizi böyiça (74.6 foiz uçraşuvlarda ğalaba) eng yaxşi murabbiy bölib turibdi.
Çarli Ostin APL doirasidagi «Sauthempton» tarkibida sönggi 12 uçraşuvda asosiy tarkibda tuşganida 8ta gol kiritişga muvaffaq bölgan, jumladan sönggi törtta asosiy tarkibda tuşgan öyinlarida törtta gol urgan.
«Sauthempton» «Çelsi»ga qarşi APL doirasidagi sönggi 24 uçraşuvda faqat bir marta öz darvozasidan töp olib çiqmagan. Bu 2002 yilda, «boksing dey» vaqtida kuzatilgan bölib, öşanda mehonlar darvozasini Antti Niyemi qöriqlagandi. Uçraşuv golsiz durang bilan tugagan.
Yöqotişlar
«Çelsi» hujumçisi Alvaro Morata çorşanba kungi uçraşuvlarni ötkazib yuborgandi va bu safar ham uning maydonga tuşişi söroq ostida qolmoqda. David Luiz esa uzoq muddatga safdan çiqdi.
«Sauthempton» esa bu uçraşuvga heç qanday yöqotişlarsiz yetib keldi.
«Mançester Siti» – «Tottenhem»
Boşlaniş vaqti: 16 dekabr, 22:30 Translyatsiya: Futbol TV, Matç TV, Matç! Futbol 1
Öyinoldi qiziqarli faktlar
«Tottenhem» «Mançester Siti» uyida APL istalgan boşqa jamoasidan köproq — 10 marta ğalaba qozongan.
«Mançester Siti» bir mavsumda, yangi yilga qadar Top-6ga kiruvçi barça jamoalar «Liverpul», «Arsenal», «Mançester Yunayted», «Çelsi» va «Tottenhem»ni mağlub etgan APL tarixidagi ilk jamoaga aylanişi mumkin.
Kevin De Bryuyne sentabrdan buyon 14 uçraşuvda maydonga tuşib, jamoasining 13 golida (5 gol, 8 golli uzatma) iştirok etişga ulgurdi.
Harri Keyn joriy mavsumda APL doirasidagi yettita safar uçraşuvida 7ta gol kiritişga muvaffaq böldi. Şuningdek unda Alana Şirer bir taqvim yilida urgan 36 goldan iborat rekordga yetişi uçun bor-yöği uçta gol yetişmayapti. Uning hisobida 2017 yilda APLda urilgan 33 gol mavjud.
«Mançester Siti» sönggi 4 uçraşuvdan buyon «Tottenhem»ni mağlub eta olmay kelmoqda.
Yöqotişlar
«Mançester Siti» himoyaçilari Jon Stounz, Benjamin Mendi va Vensan Kompani jarohati sabab bu uçraşuvda maydonga tuşa olmaydi.
«Tottenhem» tarkibida Devinson Sançes diskvalifikatsiya tufayli, Tobi Alderveyreld va Viktor Vanyama jarohati sabab öyinda iştirok etmaydi.
«Vest Bromviç» – «Mançester Yunayted»
Boşlaniş vaqti: 17 dekabr, 19:15 Translyatsiya: Matç! Futbol 1
Öyinoldi qiziqarli faktlar
«Vest Bromviç» Aleks Fergyuson boş murabbiylikdan ketgaç, «Mançester Yunayted»ga qarşi 8 marta maydonga tuşib, ularning uçtasida ğalaba qozongan. Fergyuson davrida esa 14 uçraşuvida birorta ham ğalabaga (3 durang, 11 mağlubiyat) erişa olmagan.
Garet Berri 36-marta «Mançester Yunayted»ga qarşi APL uçraşuvida maydonga tuşişi mumkin. Faqatgina Rayan Giggz bir jamoaga qarşi Berridan köproq («Liverpul»ga qarşi 38 marta) öynagan.
Romelu Lukaku «Vest Bromviç»ga qarşi 6 uçraşuvni asosiy tarkibda boşlab, 7ta golda (4 gol, 3 golli uzatma) iştirok etgan.
Alan Pardyuni Angliyada Mourinoni yutiş böyiça rekordçi sanaladi. Heç qaysi murabbiy Joze Mourinoni Angliya Premer-ligasida Alan Pardyuçalik köp (3 marta yutgan) yuta olmagan.
Yöqotişlar
«Vest Bromviç» tarkibida Garet Berrining iştiroki söroq ostida turibdi.
Mett Fillips va Kreyg Douson esa jarohatdan tuzalib safga qaytgan. Nosir Şodli ham umumiy guruh bilan şuğullanayotgan bölsada, bu uçraşuvda murabbiy uni maydonga tuşirib tavakkal qilmasa kerak.
«Mançester Yunayted» tarkibida himoyaçi Erik Bayi kamida 2-3 muddatga safdan çiqqan ma'lum böldi. Yarimhimoyaçi Pol Pogba esa sönggi diskvalifikatsiya muddatini ötaydi va uçraşuvni ötkazib yuboradi.
«Bornmut» – «Liverpul»
Boşlaniş vaqti: 17 dekabr, 21:30 Translyatsiya: Futbol TV, Matç! Futbol 1
Öyinoldi qiziqarli faktlar
Ötgan mavsumda faqatgina bitta juftlikda «Bornmut» -«Liverpul» qarama-qarşiligida kiritilgan gollardan (2ta öyinda 11ta gol) köproq gol kiritilgan. Bu «Kristal Pelas» -«Suonsi» töqnaşuvi bölib, ikki uçraşuvda 12 gol kiritilgan
«Liverpul» Premer-Liganing sönggi 8 uçraşuvidan buyon mağlubiyatga uçramay (5 ğalaba, 3 durang) kelmoqda. Ularning mağlubiyatsiz öyinlar soni böyiça rekordi 2016 yilning noyabrida qayd etilgan bölib, jamoa öşanda ketma-ket 11 uçraşuvda yutqazmagandi.
Jyermeyn Defo «Liverpul»ga qarşi sönggi 3 uçraşuvda, 3ta gol urgan. Oldingi 20 uçraşuvda esa atigi 2ta gol kiritgan.
Muhammad Saloh yana bitta gol ursa, 2013/2014 yilgi mavsumdan söng «Liverpul» tarkibida barça musobaqalarda 20 yoki undan ortiq gol kiritgan ilk futbolçiga aylanadi. 2013/2014 yilgi mavsumda Luis Suares va Daniel Starrijning ikkalasi ham bu marrani zabt etgandi.
Yöqotişlar
«Bornmut» tarkibida yangi jarohat olganlar yöq. Himoyaçi Tayron Mings sentabrdan buyon maydonga tuşa olmayapti.
«Liverpul» tarkibida Adam Lallana nihoyat töliq safga qaytdi. Darvozabon Simon Minole va Daniel Starrijning iştiroki esa söroq ostida qolmoqda. Joel Matip va Alberto Moreno esa jarohati sabab bu uçraşuvda iştirok eta olmaydi.
Qolgan uçraşuvlar
«Lester» – «Kristal Pelas»
Boşlaniş vaqti: 16 dekabr, 17:30
«Brayton» – «Byornli»
Boşlaniş vaqti: 20:00
«Stok Siti» – «Vest Hem»
Boşlaniş vaqti: 20:00
«Uotford» – «Haddersfild»
Boşlaniş vaqti: 20:00
«Everton» – «Suonsi»
Boşlaniş vaqti: 19 dekabrga ötar keçasi 01:00
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi