Dekabrning ilk haftasi, kun judayam sovuq edi. Samarqandning katta köçalaridan biridagi bekatda xayol bilan avtobus kutib turgan edim. Şu payt YPX xodimining huştagidan xayollarim çalğidi. «Damas» avtomaşinasini töxtatgan xodim haydovçiga özini taniştirib, undan hujjatlarni taqdim etişini söradi.
Taxminan elliklardan oşgan maşina haydovçisi avtoulovidan tuşib YPX xodimiga hujjatlarni taqdim etdi va «bir safar keçiring, komandir», deya uning ortidan ergaşdi.
«Qoidaga barça birdek amal qiliş lozim, otaxon!», — deya bayonnoma rasmiylaştirgan inspektor haydovçining sözlarini e'tiborsiz qoldirdi. Voqea bekatga yaqin joyda sodir bölganligi bois men ularning suhbatlarini eşitib turardim.
Ha! Haqiqatan ham, yöl qoidasiga amal qiliş lozim. Garçi yoşi uluğ otaxonga rahmim kelgan bölsa ham xayolimdan ötgan fikr şu böldi. Bayonnoma rasmiylaştirildi va haydovçi afsuslanganiça maşinasiga ötirib, yölida davom etdi. Afsuslanişga hojat yöq edi. Aslida ham şunday, qonun-qoida barça uçun bab-barobar. Çunki maşina boşqarayotgan har qanday şaxs u, avvalo, haydovçi, şuni yoddan çiqarmaslik kerak.
Sovuq şamol kuçaygandan kuçayar edi. Men-ku, avtobusim kelsa — tezroq minib, manzilimga yetib boraman. Lekin YPX xodimi kun böyi yölda turib qoidabuzarlarni uşlaş bilan ovora böladi. Öz kasbining fidoyisi şunday bölişi kerak, deb öylab qöyaman içimda.
Oradan ikki daqiqa ötar-ötmas yana bir qoidabuzar töxtatildi. Bu gal «Lacetti» bexosdan adaşib qizil çiroqdan ötib ketgan edi. Inspektor rasamadini keltirgança, özini taniştirib, haydovçidan hujjatlarni söradi. Taxminan 25 yoşlardagi haydovçi bamaylixotir hujjatlarni taqdim qildi, maşinadan tuşdi va qölidagi uyali telefonini quloğiga qöyib «najot farişta»siga sim qoqdi hamda unga vaziyatni tuşuntirdi-da, telefonini inspektorga uzatdi.
Avaliga inspektor telefondagi «xaloskor» bilan gaplaşişga unamadi va bayonnoma rasmiylaştiriş maqsadida qoğoz-qalamini şayladi. Biroq haydovçi böş kelmadi, u bor kuçi bilan kuraşdi. YPX xodimi gapga unamayotgani telefonda «xaloskor»ga yetib bordi şekilli, oradan köp ötmay YPX xizmat maşinasi kelib töxtadi va yölda turgan inspektorga «haydovçining hujjatlarini berib yubor», deb buyurdi va haligi haydovçini çaqirib uning qöl telefoni orqali öşa sirli şaxs bilan iliq suhbatlaşdi. Şundan söng maşinasini ğizillatganiça jönab qoldi.
Qoidabuzar va inspektor xuddi qalin döstlardek kulib gaplaşib maşina tomon yurib ketişdi. Yöl-yölakay haydovçining saxiyligi tutib ketdimi çöntagidan sigaret çiqarib inspektorga uzatdi va u bilan quyuq xayrlaşganiça maşinasiga ötirib yölida davom etdi. Çöntagidan yondirgiç olib qölidagi sigaretani tutatgan inspektor uni çuqur-çuqur tortdi.












