BMTning Xalqaro jinoyat sudi (XJS) Rim maqomiga uçta yangi harbiy jinoyat turini kiritdi. Bu haqda BMT sud organining bu asosiy hujjatiga uşbu qöşimçalar kiritilişi taşabbusini bildirgan Belgiya taşqi işlar vazirligining 15 dekabrda çop etilgan bayonotida aytilgan.

“14 dekabrda XJS iştirokçi davlatlari Assambleyasi Rim maqomiga yana uçta harbiy jinoyatni qöşdi. Belgiya bu özgartirişlarni kiritişni 2009 yildayoq taklif qilgandi”, deb aytilgan bayonotda.

Harbiy jinoyatlar röyxati “yaralovçi unsurlarini rentgen nurlaniş bilan aniqlaşning imkoni bölmagan qurollar, biologik yoki toksin qurollar, körlikka olib keluvçi lazerlarni qöllaş” kabi jinoyatlar bilan töldirildi. Bayonotga ilova qilingan hujjatda bu qurollarning qöllanilişi odamlarning yoppasiga (ham harbiylar, ham fuqarolarning) ölişi va aziyat çekişiga olib kelişi aytilgan.

“Şunga öxşaş qurollar qöllanadigan zamonaviy ixtiloflar, misol uçun, Suriyada kimyoviy qurol qöllanişi, hozirda bunday xatti-harakatlarning harbiy jinoyatlar deb tan olinişi juda muhimligini körsatadi”, deb aytilgan bayonotda. Unda ta'kidlanişiça, Rim maqomida bu bandlarning paydo bölişi jabrlanuvçilarga işonçli huquqiy kömakni ta'minlaydi.   

Bugungi kunda jangovar lazerlar asosan raketa va havo hujumiga qarşi mudofaa maqsadida qöllanadi. Biroq piyoda qöşinlarga qarşi lazer quroli loyihalari mavjud. Misol uçun, futuristik körinişdagi PHASR lazer miltiği. U AQŞ harbiy-havo kuçlari laboratoriyasi tomonidan yaratilgan va sinalgan. Ta'kidlanişiça, bu qurol vaqtinçalik körlikka olib keladi. Yana şu ma'lumki, AQŞning dengiz piyoda qöşinlari korpusi öziga miltiqlar stvollari ostiga örnatiluvçi lazerlarni buyurtirgan. Bu qurolning asosiy vazifasi qöriqlanayotgan obektga yaqinlaşmaslikdan ogohlantiriş hisoblanadi. Agar qoidabuzar ogohlantirişga rioya qilmasa, unda lazer nuri bilan uning köziga zarba beriladi.  

Xalqaro jinoyat sudi butun dunyo hamjamiyati nomidan eng oğir jinoyatlar: ommaviy qirğin, tajovuzlar, insoniyatga qarşi jinoyatlar va harbiy jinoyatlarni sodir etganlarni sudlaydi. Sudning nizomi (Rim maqomi) 2002 yil 1 iyuldan kuçga kirgan va 2003 yildan amal qila boşlagan. Sud tarkibiga 124 ta davlat kiradi.