Futbol fristayl san'ati bilan şuğullanuvçi The F2 Freestylers guruhi futbol olamidagi eng maşhur bahs Kriştianu Ronaldu va Lionel Messidan qaysi biri kuçli degan savolga yana bir marta javob izlab körişdi.
Albatta, bu bahs munozaralar yangilik emas, uni istalgan futbol muxlislari örtasida körişingiz mumkin, biroq fristayl ustalari bu işni butunlay özgaça körinişda ifodalab berişgan. The F2 Freestylers guruhining ikki maşhur akrobati Lionel Messi va Kriştianu Ronalduning statistikalarini töplab çiqqan holda ularni özaro taqqoslagan va öziga xos futbol fristayl usuli bilan çiroyli tryuklar bajarişgan.
Taqqoslaşda futbolçilarning barça körsatkiçlari, töp bilan muomala qiliş, dribling, gollar, golli paslar, sariq kartoçkalar, yutuqlar va boşqa bir qator körsatkiçlar joy olgan.
Quyida mazkur ajoyib videorolik bilan tanişib olişingiz mumkin böladi. Eslatma, mazkur video The F2 Freestylers kanaliga keça joylangan bölsada, uning suratga oliş jarayoni oldinroq bölgan va bu paytda hali Kriştianu Ronaldu 5-marta «Oltin töp»ini olmagandi. «Oltin töp» borasidagi taqqoslarda şu boisdan ham Messida beşta, Ronalduda 4ta «Oltin töp borligi eslatib ötilgan.
















