Joriy yilning 11 dekabr kuni Xiva tumanida yangi “Mulla Abduqodir bobo” nomli jome' masjidi, 15 dekabr juma kuni Urganç tumanida yangi «Muoz ibn Jabal» masjidining oçiliş marosimi bölib ötdi. Marosimda Özbekiston musulmonlari idorasining Xorazm viloyat vakili X. Abdullayev, Özbekiston musulmonlari idorasi Movarounnahr naşriyoti direktori Abdujalil Xöjam iştirok etgan. Şuningdek, tadbirga Xorazm viloyati hokimi örinbosari H. Ataxonov, Urganç tumani hokimi O. Bekçanov, viloyat Nuroniy jamğarmasi raisi M. Jumaniyozov va bir qança mehmonlar, faxriylar taşrif buyurdi. Bu haqda Özbekiston Musulmonlari idorasi hududiy vakili Kun.uz'ga xabar bergan.

ÖMI Xorazm viloyati vakili X.Abdullayev Urganç tumanida oçilgan “Muoz ibn Jabal” jome' masjidining eski holati, bugungi körinişi haqida ma'lumotlar berdi: Masjid zamonaviy quriliş talablariga töliq javob beradi. Imom xatibga tayyorlangan xona zamonaviy qulayliklarga ega. 

"Masjid sahnida şakldor boğ va gulzor yaratilyapti. Bu muborak maskanlarda qilinadigan ibodatu duolar turli balo-ofatlar rad bölişiga va xayru barakaga möl bölişiga sabab böladi, inşoalloh. Muhimi ‒ masjidlar yoş avlodni ma'naviyatli, barkamol insonlar bölib tarbiya topişlarida, ularni turli adaşgan oqimlar, zöravon tödalar ta'siriga tuşib qolişdan asraşda, şuningdek, jinoyatçilikning oldini olişda juda katta örin tutadi. Uşbu masjid ham ana öşanday dargohlardan biri böladi", deyiladi xabarda.

Bu yangi jome' masjid Urganç tumani aholisi uçun mö'tabar manzilga aylanişi ta'kidlanib, masjid qurilişiga har tomonlama yordam bergan homiylar taşakkurnoma va esdalik sovğalari bilan taqdirlandi.​