Madridning “Real”i klublararo jahon çempionati finalida Braziliyaning “Gremio” klubini 1:0 hisobida mağlub etib, jahon çempioni böldi. Uçraşuv Abu-Dabidagi “Şayx Zayd” stadionida bölib ötdi.

Uçraşuvdagi yagona golni Kriştianu Ronaldu öz hisobiga yozib qöydi. Kriştianu şu goli evaziga afsonaviy Pelening natijasini qaytara oldi.

Ronalduning bu goli uning klublararo jahon çempionatlarida urgan 7 goli böldi. Portugaliyalik bu nufuzli musobaqada 4-marotaba iştirok etgan.

Pele ham öz vaqtida uşbu musobaqaning muqobili bölgan Qit'alararo kubok öyinlarida 7 marta raqiblar darvozalarini işğol qila olgan. Braziliyalik uşbu gollarni 1962 yil va 1963 yillarda “Benfika” (5 ta gol) va “Milan” (2 ta gol) darvozalariga kiritgan.