Braziliya terma jamoasi safida 2002 yil jahon çempioni bölgan Kaka futbolçi sifatidagi faoliyatini yakunlaşini ma'lum qildi.
“Bu men tasavvur qilolganimdan ham köproq böldi. Endi men keyingi sarguzaştga tayyorman”, deb aytgan 35 yoşli Kaka.
Globo Esporte’ning ma'lum qilişiça, Kaka “futboldagi faoliyatini” murabbiy, sport direktori yoki boşqa lavozimda davom ettiradi.
Kaka Italiya va Ispaniya çempioni, Çempionlar Ligasi, Klublararo jahon çempionati, UYeFA superkubogi, Ispaniya kubogi va Italiya superkubogi ğolibi hisoblanadi. U Braziliya terma jamoasi safida 95 ta öyin ötkazib, 31 ta golga mualliflik qilgan hamda jahon çempioni va 2 marta Konfederatsiyalar kubogi ğolibi unvonlarini qölga kiritgan.
Kaka 2007 yilda yilning eng yaxşi futbolçisi sifatida “Oltin töp” bilan taqdirlangan. Braziliyalik töp surgan oxirgi klub AQŞning "Orlando Siti"si böldi. Futbolçi, şuningdek, öz vaqtida Braziliyaning “San-Paulu”, Italiyaning “Milan” va Madridning “Real” klublari şarafini himoya qilgan.
Kaka futbolçining taxallusi bölib, haqiqiy ismi Rikardu Izekson dus Santus Leyti. “Kaka” Rikardu ismining kiçraytirilgan şaklidir.

















