Messi va Ronalduni ortda qoldirgan oxirgi qahramon. Bir afsona tarixi
|17:50 / 20.12.201750 47416 min
Foto: ReutersFoto: Reuters
17 dekabr kuni Kaka futbolçilik faoliyatini yakunlagani haqida rasman e'lon qildi.
Keyingi 10 yil mobaynida Kriştianu Ronaldu va Lionel Messidan boşqa futbolçi «Oltin töp» olişini tasavvuriga keltira olmaydigan muxlislar avlodi yetişib çiqdi. Bu ikki futbolçi 2008 yildan buyon 5 martadan dunyoning eng yaxşi futbolçisi unvonini qölga kiritgan. Ularning birini özga sayyoralik deyişadi, ikkinçisi zamonaviy futboldagi atletizm namunasi. Şu omillar ularning gegemoniyasini yaqqol ifodalaydi.
Lekin bu ikki futbolçini öz vaqtida Kaka ortda qoldirgandi. U «Oltin töp»ni qölga kiritgan oxirgi «yerlik» bölib qolmoqda. Braziliyalik bu futbol afsonasi 2007 yili Karlo Ançelotti «Milan»ining yetakçisi sifatida taqdirlangandi. U Çempionlar Ligasining 2006-07 yilgi mavsumida eng yaxşi töpurar bölgan, yakunda jamoa bilan çempionlikka erişgandi. 2007 yili Messi va Ronaldu ham «Oltin töp» uçun da'vogarlik qilgan, ammo ular Kakadan ortda qolişgandi.
Nogironlik yoqasidan katta futbolga
Foto: Twitter
2000 yilda Kakaning nafaqat futbolçi sifatidagi kelajagi, balki hayoti ham xavf ostida qolgandi. U hali 18 yoşda edi, «San-Paulu»ning istiqbolli futbolçisi edi. Kunlardan birida u basseynda döstlari bilan garov boğlaydi - ular tramplindan kim yaxşiroq sakraşi böyiça musobaqalaşişadi. Ammo basseyn kiçik edi, böyi 186 sm bölgan Rikardu (uning töliq ismi Rikardu Izekson dus Santus Leyti - tanişlari uni osongina qilib Kaka deb çaqirişgan) esa buni hisobga olmaydi va boşi bilan bassen tubiga borib uriladi. Uning böyni qayriladi va qonga belanadi.
Şifoxonada rentgen qilinadi, şifokor xursand qiluvçi gap aytmaydi: uning böyin umurtqasi singandi. Kaka jilmayib söraydi: «Ertaga maşğulotim bor. Men qaçon futbol öynay olaman?». Şifokor qovoğini uyib qaraydi: «Omading bölsa yurib ketasan. Boşqa gap ayta olmayman».
Braziliyalik futbolçi ikki oyni palatada ötkazadi, u deyarli yurmaydi. Ammo uning organizmi (balki işonçi) kuçlilik qiladi, dekabr oyi oxirida Kaka katta qadamlar taşlab uyiga yöl oladi. U bilan Yangi yil arafasida xayrlaşayotgan şifokor şunday degandi: «Sen juda omadli ekansan. Sen bilan röy bergan iş - mö'jiza». Futbolçi bolaligidan kuçli e'tiqodga ega bölgan va doimo takrorlagan: «Men Isoga tegişliman». 2001 yilning yanvaridayoq Kaka «San-Paulu» tarkibida debyut qiladi, 1,5 yil ötib, Braziliya terma jamoasi bilan birga Janubiy Koreya va Yaponiya maydonlarida ötkazilgan 2002 yilgi jahon çempionatida ğolib çiqadi.
Mavzuga oid
Bolalik, ösmirlik va yoşlik
Foto: Twitter
Kaka odobli va yuvoş bolakay bölgan. U aksar vatandoşlaridan farqli ravişda oq tanli va badavlat oila farzandi edi. U yaxşi ta'lim oldi, u bolaligidan xudojöy edi. Barça örtoqlari uni yoqtirişar, unikiga kompyuter öynagani kelişardi. Hatto u uyda yöqligida ham kelişardi, çunki ularning köpçiligida maşğulotlardan keyin uyga yetib oliş uçun pul bölmasdi.
Qolaversa, Kaka futbolni zör öynardi. U közidagi muammolarga qaramasdan töp bilan juda zör muomala qilardi va şu tufayli u 12 yoşida «San-Paulu» futbol maktabiga kiradi. Avvaliga u ertalab öqib, keçqurun şuğullanardi. Keyin maşğulotlar ertalabga köçiriladi, Kaka boşqa maktabga ötadi. Yakunda ertalab va kunduzi maşğulotlarda böladigan, öqiş uçun faqat keçqurun vaqt qoladigan böldi. Kaka keçqurun uyga qaytar va darslarni qilişga ötirardi.
«Milan» skauti Leonardo Kakani jahon çempionati boşlanişidan avvalroq payqagandi – yigitça har ikki öyinda gol urar va boşqa safdoşlaridan özining aqlli harakatlari bilan ajralib turardi. «San-Paulu»da Kakani Pleyboy deb ataşardi — çunki u oq tanli oilaning erkatoy farzandi edi. Braziliyada bu söz şunday ma'noda qöllanardi. Boşqaça ma'nodagi pleyboy sözi Kakaga mos emasdi. U 23 yoşida bolalikdagi döstiga uylandi. Kaka oila qurgaç, yanada sermahsullik körsata boşlaydi – «San-Paulu» safida 125 öyinda 47 gol. «Milan» ikkilanmasdan uning uçun 8,5 mln yevro tölaydi.
Foto: Twitter
«San-Paulu» futbolçisini Arsen Venger ham payqagandi, ammo öşanda fransuz mutaxassisi bu yoş pleymeykerga işonç bildirmagan. 17 yoşida Kaka Turkiyaga ketişi ham mumkin edi, ammo «Gaziantepspor» uning uçun 1,5 mln yevro tölaşni istamaydi. Barçasi 2002 yilgi jahon çempionatidan keyin özgardi. Kaka Ronaldo, Ronaldino va boşqa yulduzlar bilan Braziliyaning turnirdagi beşinçi çempionligini nişonlaydi.
Kaka avvaliga közlariga işonmaydi. Unga Florentino Peresning özi qönğiroq qiladi, ammo 20 yoşli futbolçi bungaça «Milan» taklifini qabul qilib bölgandi.
Ançelotti bilan tanişuv
Foto: Twitter
Karlo Ançelotti «Preferisco la Coppa» («Kubokni afzal köraman») nomli avtobiografiyasida Kaka bilan birinçi uçraşuvi haqida yozadi: «Menga endigina bir braziliyalik yigit haqida gapirişgandi, ammo men uning öyinlarini hali körmagandim. U haqda bilmasdim, faqat ismidan boşqa. Rikardu Izekson dus Santus Leyti - bunday ism köproq ruhoniylarga mos edi. «Milan» uni transfer qildi, biz uni darhol Italiyaga olib keliş kerakmi yoki yana ma'lum muddat «San-Paulu»da qoldiriş kerakmiligi haqida öylay boşladik. Nihoyat, men uning kelişiga rozilik berdim. U kelganida boşimni çangallab qoldim: u ahmoqona soç turmagida va közoynakda edi. U sportçiga emas, a'loçi talabaga köproq öxşardi. Unga faqat qöltiğida kitoblar yetişmayotgandi. Yordamçimga dedim: «Yaxşi, Erazmusga (Yevropa Ittifoqining universitetlararo talabalar va öqituvçilar almaşiş böyiça akademik dastur) xuş kelibsizlar. Agar u töp bilan ham yaxşi muomala qilsa, yomon bölmasdi».
Ammo Kaka kiyimini almaştirib, maydonga tuşib kelganida, men hayratda qolgandim. U jangçiga aylangandi. Birinçi maşğulotdayoq Jyennaro Gattuzo unga taşlandi, ammo Kaka uning zarbalariga doş bera oldi va töpni yöqotmasdan yugurdi. Bu vaqtda Rino yerda yotar va eng yumşoq sözlari bilan uni sökardi. Uning sözlarini odatdagi odamlar tiliga şunday ögiriş mumkin edi: «Oilangga xuş kelibsan, uka». Kaka yana çopişda davom etdi va tajribali Nestani aldab ötib, 30 metr masofadan töpni darvoza töriga joyladi. Bu aql bovar qilmas hodisa edi. Biz uning közoynagini yeçdik va qizil-qora futbolka kiydirdik. U esa futbol sehrgariga aylanib qoldi».
Aleşandre Patuning qiyin tanlovi
Foto: Reuters
2007 yilda «Milan» yana bir yoş braziliyalik futbolçini - Aleşandre Patuni sotib oldi. 18 yoşli bu futbolçi debyutidan keyin jamoa kiyim almaştiriş xonasida qiyin tanlov qarşisida qoladi. U şunday eslaydi: «Ronaldo sumkasidan yalonğoç ayollar surati bilan tölgan jurnalni olib, burnimga niqtadi va özining yoki xonasiga ikonalar suratini osadigan Kakaning guruhidan birini tanlaşim kerakligini aytdi. U aynan şunday dedi: «Bizda ikki tanlov bor - yoki diskotekaga yoki çerkovga borasan». Men köp ikkilanmadim - yoş edim».
Ruhoniy böliş istagi
Foto: Twitter
Özining yagona «Oltin töp»ini olişdan avval, 2007 yilning noyabrida Kaka Italiyadagi naşrlardan biriga bergan intervyusida işonç bilan, futbolçilik faoliyatini yakunlagaç, ruhoniy bölmoqçiligi haqida aytgandi. «Men juda xohlayman. Buning uçun avval nazariyani örganişim, kurslardan ötişim va Bibliya bilan çuqur tanişişim kerak. Men şu kitobni qölimda kötarib ösganman, men boşqa kişilarni ham u bilan taniştirişni istayman. Basseynda röy bergan baxtsiz hodisadan keyin mening e'tiqodim yanada kuçaygan».
Çempion
Foto: Reuters
2007 yil mayining iliq keçasida Kaka Afinadagi «Olimpiyskiy» stadionida tiz çökkança turardi. Uning közlari yumuq, qöllari osmonga kötarilgan, futbolkasi köksida esa «Men Isoga işonaman» yozuvi bitilgandi. Bir neça daqiqa avvalroq arbitr Herbert Fandel Çempionlar ligasi finalida «Milan» «Liverpul»ni mağlub etgani haqidagi huştagini çalgandi.
Foto: Daily Mail
Teleekranlar qarşisidagi millionlab kişilar bir neça yil içida Kaka Yevropa futboli yulduziga aylanganiga guvoh bölib turişardi. U Dida, Kafu, Maldini, Pirlo, Indzagi, Şevçenko va boşqa yulduzlar yetakçisiga aylangandi. Uning «Old Trafford»da «Mançester Yunayted» darvozasiga urgan goli bu yigit futbol dahosi ekanini isbotlagandi.
Foto: Reuters
Kaka «rossoneri» öyiniga tezda moslaşib ketdi, u yarim himoya va hujumning boğlovçisiga aylandi. Avvaliga u Rui Koşta va Rivaldodan saboq oldi. Futbol faxriylari yoş Kakaga turli epizodlarda qanday harakatlaniş kerakligini, raqib ta'qibidan qanday qoçiş va böş hududlarda qulay oçilişni örgatişardi. Keyingi bir neça yil içida Kaka Yevropa futbolidagi asosiy yulduzga aylandi.
Foto: Milan
Kaka «Milan»ga kelişi bilanoq Italiya çempioni böldi, u A Seriya öyinlarida 10ta gol urdi. Keyin yana Italiya çempionatidagi ğolibliklar, Çempionlar Ligasi kubogi va «Oltin töp». 2007 yilda u Messi va Ronaldu ikkisi birgalikda töplagan ovozlardan ikki barobar köproq ovoz olgandi.
Foto: AP
Bu yulduz futbolçi heç qaçon mojarolarga aralaşmagan. U har kuni ibodat qilar, çerkovga va fondlarga xayriya qilar, öyinlar va maşğulotlardan keyin töğri oilasi bağriga qaytardi. Kaka papparatstsilar va sariq matbuot uçun qiziqarli şaxs emasdi.
Milan-Madrid-Milan yönalişi
Foto: Reuters
Çempionlar ligasidagi ğalabadan ikki yil ötib, Kaka «Santyago Bernabeu»dagi jurnalistlar bilan tölgan zalda jilmayib ötirar, uning yonida Kriştianu Ronaldu ham bor edi. Bu ikki yulduz katta pullar evaziga «Real»ga kelgan, eng qimmatbaho futbolçilarga aylanişgandi.
«Milan» moliyaviy qiyin ahvolga tuşib qolgaç, asosiy futbolçisini 68 million yevroga sotişga majbur bölgandi. Bundan avvalroq «Mançester Siti» Kaka uçun 100 million yevro tölamoqçi bölgan, ammo futbolçi bu jamoaning istiqboliga işonmagan va Angliyaga bormagandi.
«Real»da esa butunlay boşqaça vaziyat edi, bu har qanday ösmir orzusidagi klub edi. Kakaning taqdimotiga 60 ming tomoşabin yiğildi, u Raul Kasilyas va boşqa jahon yulduzlari bilan bir jamoada töp suradigan böldi.
Foto: Real
Kaka yulduzli tarkibga tezda qöşilib ketdi, u Kriştianu Ronaldu bilan yaxşi juftlik hosil qilgandi. Ammo u avvalgi Kaka emasdi, u Madrid klubi futbolkasida özini qizil-qora futbolkadagi kabi his qila olmasdi. U Madridda asosiy yulduz emasdi, köplab yulduzlardan biri edi. Qolaversa, unga bu yerda kiçik jarohatlar bezovta qila boşladi va köplab öyinlarni ötkazib yuborişga töğri keldi. Kaka ikki marta tizzasini operatsiya qildirdi, şundan keyin u yanada köproq jarohat ola boşladi.
Foto: AP
Kunlardan birida Florentino Peres Kakaning oldiga kelib, uning Madriddagi muammosi haqida söraydi. U gap faqat özida emasligini aytadi. Endi raqiblar maydonda uning harakatlarini oldindan bilib qola boşlaşgandi. Kakani Manuel Pellegrini ham, undan keyin kelgan Joze Mourino ham qöllab-quvvatlaydi, ular hamişa futbolçi tomonida turişadi, yordam berişadi, qönğiroq qilib, sabr qilişga va xotirjamlik saqlaşga çaqirişadi.
Kakaning özi ham avvalgi formasiga qaytiş uçun tinimsiz maşğulot ötkazar, odatdagi rejimga amal qilardi. U uyga qaytganida ham maşğulotlarni töxtatmasdi. Ammo uning öyini çiqmasdi. Keyin Madridga Mesut Özil keldi va braziliyalik futbolçi zaxiraga mixlandi.
2013 yilda Kaka «Milan»ga qaytdi. Afsuski, uning «Milan»dagi yulduzli onlari ortda qolgandi.
Foto: Reuters
Jamoa ham örtamiyonaga aylana boşlagandi bu vaqtga kelib. «San Siro»dagi yomon bölmagan mavsumni ötkazgaç, Kaka Yevropada ortiq qolmaslikka qaror qildi va okean ortiga – «Orlando Siti»ga yöl oldi. «Milan» uni afsona kabi kuzatdi.
AQŞ Kaka uçun katta «asal oyi» kabi böldi. Undan endi jon-jahdi bilan öynaş talab etilmasdi va u endi har öyinda soğliğini xavf ostiga qöymasdi. U maydonga çiqişi va kerakli vaqtda kerakli joyga töpni yetkazib berişi, qulay vaziyatlardan gol urişi, amerikaliklarni öz texnikasi bilan xuşnud etişi kifoya qilardi.
3 yil davomida Kaka özini qoniqtiriş uçun öynardi va öz faoliyatining yakuniga qarab borardi. Oxirgi yillarda uni oğriqlari bezovta qila boşladi, toliqqan organizm endi dam olişga muhtoj edi. Buni Kaka töğri tuşunardi. U öz hayotidagi oxirgi öyin oldidan köz yoşlarini tiya olmadi.
Foto: The Sun
U hamişa xudo uni töğri yöl tomon yönaltirganiga işonardi. Uning hayotiy qaraşlarini hisobga olmagan holda ham aytiş mumkinki, Kakaning futbolçilik faoliyati ideal darajada böldi. Kamsuqum va ozğin yigitça mehnat qilib, işonç bilan orzularga yetişdi.
Foto: twitter/ Kaka
U 35 yoşda futboldan ketdi, uning eski jarohatlarini hisobga olsak, endi futbol öynaş qiyin edi. U endi kelgusida futbol murabbiyi bölişi yoki xayriya işlariga berilişi mumkin. Ammo bir narsa özgarmaydi – Kaka millionlar xotirasida boşqa heç bir futbolçiga öxşamas qiyofada qolmoqda. U futbol sehrgarlaridan biri bölgandi.
Hozirgi muxlislar avlodi Kriştianu Ronaldu va Lionel Messidan boşqa futbolçi «Oltin töp» olişini tasavvuriga keltira olmaydi. Kaka esa ularni osongina ortda qoldirgandi.
Foto: Twitter
Messini ortda qoldiriş
Braziliya va Argentina raqobati - quyoşning çiqişi va botişi kabi abadiy. 2006 yil Londonda bu ikki terma jamoa örtasida örtoqlik uçraşuvi ötkazilgandi. Öşanda Lionel Messi özini lapaşangga aylantirişganini tanasida his qilgandi. Öyinda töla ustunlik qilgan pentakampionlar Elanoning ikkita aniq zarbasi evaziga öyin oxirida 2:0 hisobida oldinda edi. Şu mahal töp Kakaga kelib tuşadi, maydonning ikkinçi qismida turgan futbolçi argentinaliklar darvozasi tomon çopadi, uni Leo 50-60 metr masofada ta'qib qilib boradi, ammo yeta olmaydi. Kaka esa raqib jarima maydoniga kirar-kirmas aniq zarba berib, hisobni 3:0 körinişiga keltiradi. Şundan keyin bir neça marta Kakaga qarşi öynagan Messi unga yaqinlaşmaslikka harakat qilgan. U öşa omadsiz poygani unuta olmagan.