Motokross böyiça 5 karra jahon çempioni Erik Gebors Belgiyadagi rekratsion suv havzasida jonsiz holda topildi. Bu haqda The Sun naşri xabar berdi.
Naşr ma'lumotlariga köra, poygaçini qutqaruvçilar topişgan. Gebors 6 may kuni rafiqasiga sovğa qilgan siba-inu zotidagi kuçuk bolani qutqariş uçun qayiqdan muzdek suvga otilgandan keyin bedarak yöqolgan. Sportçining döstlari uni qutqarişga taşlanişgan, biroq suv juda muzdek bölgani sababli qayiqqa qaytişgan.
55 yoşli Gebors 3 ta: 125, 250 va 500 kub santimetrli dvigatellar sinfida çempion bölgan tarixdagi yagona motokrossçi hisoblanadi. U 1988 yilda yil sportçisi deb topilgan va sport xizmatlari uçun milliy unvonga sazovor bölgan.

















