Apple kompaniyasi özining musiqa dökoni – iTunes’ni yopiş haqida qaror qabul qildi. Bu uning ommaboplik darajasi tuşib ketgani sabab röy beradi, deb xabar bermoqda WeRaveYou portali.

Sönggi bir neça yil davomida foydalanuvçilar musiqani köproq obuna böliş orqali tinglaşmoqda hamda ma'lum bir treklarni juda kam sotib olişmoqda. Natijada Apple Music, Spotify, TIDAL va boşqa şunga öxşaş servislar bir-biri bilan faol raqobatga kirişib, iTunes’ni ança orqada qoldirib ketişdi.

Miş-mişlarga köra, musiqa dökoni 2019 yilning boşida öz işini töxtatadi.

Eslatib ötamiz, avvalroq Apple iPhone’lar örtasida pul ötkaziş funksiyasini işga tuşirgani xabar berilgandi.