Birlaşgan Arab Amirliklarining Milliy meteorologik xizmati eng şimoliy Ras-al-Hayma amirligida kuzatilgan binafşa rangli bulutlar videosini namoyiş qildi. Uşbu holat 16 dekabrda momaqaldiroq vaqtida kuzatilgan.
Meteorologik xizmat ma'lumotlariga köra, yomğirli ob-havo 18 dekabrgaça saqlanib qoladi.
Mamlakatda oxirgi kunlar yoğingarçilik çaqiriş uçun sun'iy ravişda bulutlar hosil qilinmoqda. Joriy yil boşidan 25 ta şunday operatsiya amalga oşirilgan.
BAAda bulutlarni hosil qiliş dasturi 1990-yillarda boşlangan. Maxsus samolyotlar muntazam ravişda bunday operatsiyalarni amalga oşirib keladi. Bulutlarni hosil qiliş asosan mamlakatning şimoli-şarqidagi toğli hududlarda amalga oşiriladi. Ta'kidlanişiça, bu jarayonda bezarar kimyoviy moddalar qöllanadi.
BMTning prognoziga köra, 2030 yilga kelib dunyo aholisining yarmi suv yetişmasligidan aziyat çekadi.












