Dubayda tuyalar uçun dunyodagi ilk şifoxona oçildi. Dubai Camel Hospital deb nomlangan bu şifoxonada bir vaqtning özida 20 tagaça tuyaga tibbiy xizmat körsatilişi mumkin. Ta'kidlanişiça, eng zamonaviy texnika bilan jihozlangan şifoxona qurilişi 40 mln dirhamga (11 mln dollar) aylangan.

Tuyalar BAAning tirik ramzlaridan biri, Arabiston yarimorolining madaniy merosining ajralmas elementi hisoblanadi. Bu yerdagi auksionlarda tuyalarning narxi bir neça millionlab dollarga yetadi.

Şifoxona tuyalarning soğliğini saqlaşda kömak körsatadi. Şifoxonada operatsiya narxi 1000 dollardan, rentgen qiliş narxi esa 110 dollardan boşlanadi. Şifoxona, şuningdek, turli ilmiy tadqiqotlar bilan ham şuğullanadi.