Vladimir Putin yakşanba kuni keçqurun AQŞ prezidenti Donald Tramp bilan telefon orqali muloqot ötkazdi hamda Qöşma Ştatlar yetakçisiga MRB tomonidan taqdim etilgan ma'lumot uçun minnatdorçilik bildirdi. Taqdim etilgan axborot esa, Peterburgda portlaşlar sodir etişga tayyorgarlik körayotgan terrorçilarning iziga tuşiş, topiş va qölga olişga yordam berdi, deya xabar qilgan Rossiya prezidenti matbuot xizmati.

Telefon muloqoti Rossiya tomoni taşabbusi bilan ötkazildi, deya ta'kidlab ötişgan matbuot xizmatidan.

"Rossiya prezidenti amerikalik hamkasbiga AQŞ Markaziy razvedka boşqarmasi tomonidan taqdim etilgan ma'lumot uçun minnatdorçilik bildirdi, u Sankt-Peterburgdagi Qozon çerkovida, şuningdek, odamlar köp töplanadigan boşqa joylarda portlaşlarni sodir etişga tayyorgarlik körgan terrorçilar guruhining iziga tuşişga, topişga va qölga olişga yordam berdi", - deyiladi Kreml matbuot xizmati xabarida.

MRBdan olingan ma'lumot, prezidentning qayd etişiça, jinoyatçilarni topiş, qidiriş hamda qölga oliş uçun yetarli böldi.

Putin Trampdan MRB direktori va bu ma'lumotni olgan Amerika razvedkasining tezkor xodimlariga minnatdorlik sözlarini yetkazib qöyişni söradi.

Rossiya prezidenti Qöşma Ştatlar yetakçisini, “rus maxsus xizmatlari AQŞ va uning fuqarolariga nisbatan terrorçilik xurujlariga aloqador ma'lumotni olişsa, albatta, va tezlik bilan uni amerikalik hamkasblariga şeriklik aloqalari orqali yetkazişlariga” işontirdi, deya qayd etib ötişgan matbuot xizmatidan.

Öz navbatida, AQŞ prezidenti Donald Trampning Vladimir Putinga ma'lum qilişiça, Qöşma Ştatlar maxsus xizmatlari Sankt-Peterburgdagi ehtimoliy teraktning oldini olişda yordam berişidan xursand bölişdi. Şuningdek, u MRB direktori Mayk Pompeoga qönğiroq qilib, unga Rossiya yetakçisining minnatdorlik sözlarini yetkazib qöygan, deyiladi Oq uy xabarida. Tramp va Putinning qayd etişiça, teraktning oldi olingani – bu ikki davlat hamkorligining ijobiy namunasidir, deya aniqlik kiritişgan Amerika ma'muriyatidan.

"Rossiya prezidenti Vladimir Putin bugun prezident Donald Trampga qönğiroq qilib, Qöşma Ştatlar razvedka xizmatlari Sankt-Peterburgda tayyorlanayotgan yirik terrorçilik xuruji haqida avvaldan ogohlantirişgani uçun minnatdorlik bildirdi. Rossiya hukumati AQŞ tomonidan taqdim etilgan ma'lumotga asoslanib, terrorçilarni hujumdan avval qölga olişning uddasidan çiqdi, bu hujum köplab insonlarning halok bölişiga olib kelişi mumkin edi. Heç kim halok bölmadi, hujum qilgan terrorçilar esa qölga olindi va hozirda hibsda saqlanmoqda. Prezident Tramp qönğiroqdan xursand böldi va prezident Putinga şuni aytdiki, Qöşma Ştatlarning barça razvedka hamjamiyati şunça umrlarni saqlab qolişda yordam körsatilganidan boşi osmonga yetdi", - deyiladi Oq uy xabarida.