Toşkent şahridagi Inha universitetida Open Data Challenge 2017 ilovalarni oçiq ma'lumotlardan foydalangan holda, işlab çiqiş böyiça tanlovining ğoliblari va sovrindorlarini taqdirlaş marosimi bölib ötdi. Bu haqda universitet rasmiy saytida xabar e'lon qilingan.

Belgilangan tartibga köra, Open Data Challenge 2017 yilning 30 noyabridan 3 dekabrigaça ikki bosqiçda ötkazildi. Joriy yilning 30 noyabr va 1 dekabr kunlari röyxatdan ötgan 400 dan ziyod iştirokçi mahorat maktablari va seminarlarda iştirok etdi. Uşbu tadbirlar davomida iştirokçilar malakali mutaxassislar yordamida dizayn-fikrlaş, jamoalarni şakllantiriş, Python tili asosida ma'lumotlarni tahlil etiş, Lean Startup va Customer Development metodologiyasi, blokçeyn va boşqa yönalişlar böyiça bilimlarga ega böldilar. Tanlov doirasida iştirokçilar Barqaror Rivojlaniş Maqsadlari (BRM) bilan tanişdilar va öz loyihalarini yaratişda BRM böyiça bilimlardan foydalanişga harakat qilişdi.

2 va 3 dekabr kunlari trening va mahorat maktablarida olgan bilimlari va takliflari hamda oçiq ma'lumotlar asosida öz loyihalarini yaratdi.

Xakaton doirasida 63 ta jamoa hakamlar hay'ati e'tiboriga ijtimoiy (47 ta loyiha) va biznes (16) loyihalarni havola etişdi. Har bir jamoaga öz loyihasining taqdimotini ötkazişlari uçun bir neça daqiqa vaqt berildi.

Hakamlar hay'ati qaroriga köra, “Oçiq ma'lumotlardan foydalangan holda işlab çiqilgan eng yaxşi biznes loyiha” nominatsiyasida SAVE IT jamoasi ğoliblikni qölga kiritdi. Jamoa a'zolari: Nasiba Lutfullayeva, Muhayyo Toşpölatova, Akbarxon Aminov va Avaz Alimovlar Toşkent şahridagi Inha universitetining talabalaridir.

SAVE IT jamoasi mobil ilova va Telegram-bot işlab çiqdi. Mazkur servis foydalanuvçilarga yaroqlilik muddati ötib borayotgan tovar va mahsulotlarga beriladigan çegirmalar töğrisida ma'lumot oliş imkonini beradi. Loyiha dökonlarga öz mahsulotlarini sotiş va xarajatlarni kamaytiriş, xaridorlarga esa pullarini iqtisod qiliş imkonini beradi.

“Oçiq ma'lumotlardan foydalangan holda işlab çiqilgan eng yaxşi ijtimoiy loyiha” nominatsiyasida Umbrella Soft jamoasi ğoliblikni qölga kiritdi. Jamoa a'zolari: Uluğbek Töxtayev, Adizbek Ergaşev, Jahongir Ismoilov va Muhriddin Ğayratov. Ularning barçasi Toşkent axborot texnologiyalari universiteti (TATU)ning talabalaridir.

Umbrella Soft jamoasi MyID loyihasini taqdim etdi. Loyiha Özbekiston fuqarolariga ayrim davlat xizmatlaridan foydalaniş hamda Yöl-harakati xavfsizligi (YHX) jarimalari va kommunal tölovlarni amalga oşiriş imkonini beradi. Loyiha doirasida iş beruvçi tomonidan tasdiqlanadigan elektron mehnat daftarçasini tatbiq etiş ham nazarda tutilgan.