Rossiyaning amaldagi prezidenti Vladimir Putinni 2018 yilgi saylovlarda qöllab-quvvatlaşga çaqiruvçi #PutinKrut heştegini Rossiyadagi allaqaçon ölib ketgan insonlarning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida ham uçratişmoqda, deb yozadi znak.com.

Rossiyadagi prezidentlik saylovi kampaniyasi katta mojaro bilan start oladigan körinadi, boz ustiga, bu davlat rahbarligiga boş nomzod bilan boğliq bölib turibdi. «VKontakte» ijtimoiy tarmoğining rossiyalik foydalanuvçilari ançadan beri faollaştirilmay qöyilgan sahifalar tösatdan jonlanib qolganini ayta boşlaşdi. «Jonlanib» degan söz bu yerda uzukka köz quygandek mos kelmoqda: gap şundaki, aytilayotgan sahifalar allaqaçon ölib ketgan insonlarga tegişli va ularning sahifalari bir neça yillardan beri heç ham yangilanmasdan kelinayotgandi. Biroq ötgan kunlarda boşqa foydalanuvçilarning diqqatini ötib borayotgan haftaning eng asosiy hodisasi — Vladimir Putinning har yillik katta matbuot anjumaniga aynan şunday sahifalar orqali e'tiborni jalb qilişga urinişgan.

Hukumatni yoqlab qilingan piarning yangi darajasidan norozilik hozir köplab pabliklarda uçratilmoqda, jumladan, 14 dekabr kungi matbuot anjumanidan söng Putinning jurnalistlar bilan muloqotini ötkazib yubormaslikka çaqiruvçi postlar e'lon qiliş taklif qilinganlari ham. Bu maqolalarning barçasi #PutinKrut heştegi bilan birlaştirilgan.

Buning heç hayron qolarli joyi yöq: «VKontakte» foydalanuvçilari orasida milliy yetakçining tarafdorlari çindan ham köp. Postlar xuddi nusxa köçiriş maşinasidan çiqarilgandek bir-biriga öxşaşligi ham normal holat: qaydlar Vladimir Putinning posterlari va uning çiqişidan yorqin iqtiboslar bilan bezatilgan. Agar posterning pastki öng burçagidagi belgiga işonilsa, uni tayyorlaş uçun «Yedinaya Rossiya»ning yoş gvardiyaçilari tayyorlaşgan. Ya'ni, prezidentlik sayloviga öz nomzodini ilgari surgan Putin işonayotgan siyosiy taşkilotlardan biri.

Foto: znak.com

Posterlardan biri Vladimir Putinning matbuot anjumanini tomoşa qilişga çaqiradi. Bunday çaqiriqlarni foydalanuvçilar allaqaçon ölib ketgan insonlarning profilidan ham olişgan.

Muammo şundaki, tez orada agitatsion postlarni e'lon qiliş taklifini pablik va hamjamiyatlarga jönatgan foydalanuvçilarning bir qismi allaqaçon yoruğ olamni tark etgani oydinlaşdi. Köp ötmasdan buni «agitatorlar»ni şaxsan tanigan yoki nimadir sababdan ularning profillarini çuqurroq kavlab körişga kirişgan ijtimoiy tarmoqning tirik foydalanuvçilari körsata boşlaşdi. Hozir bunday sahifalar öçirila boşlandi va ba'zilari şubhali faollik sababli bloklangan, deya qayd etilgan.