AQŞning Vaşington ştatida tezyurar poyezd köprikdan pastdan ötgan yölga quladi. Bu haqda poyezdga egalik qiluvçi Amtrak kompaniyasi va mahalliy hukumat ma'lum qilgan.  

Pers okrugi transport rahbariyati tvitterda joylaştirgan suratda poyezdning oxirgi vagoni izdan çiqib ketganini köriş mumkin. Voqea temir yölning Olimpiya va Leykvud şaharlari örtasidagi qismida yuz bergan. Vagon qulaş vaqtida bir neça avtomobilga şikast yetkazgan.

Foto : twitter.com/wspd1pio

Okrug şerifi falokat oqibatida qurbonlar borligini ma'lum qilgan, biroq ularning soni haqida aniqlik kiritmagan.

Amtrak’ning ma'lum qilişiça, avariyaga uçragan 501-sonli poyezd Sietl va Portlend örtasidagi yönaliş böyiça 18 dekabr ertalab birinçi marta reysga çiqqan.

Ba'zi OAVlarning ma'lum qilişiça, voqea köplab qurbonlarga olib kelişi mumkin.