Kuz-qiş mavsumi kelişi bilan KUN.UZ elektron poçtasiga elektr energiyasi bilan boğliq muammolar bitilgan murojaatlar kelişi köpayadi. Özbekistonning turli çekkalaridan yuborilgan mazkur maktublarda elektr energiyasining uzoq vaqt va tez-tez öçişi bilan boğliq masalalar tilga olinadi. Ötgan 2016 yilning mazkur mavsumida ham şu kabi muammolar turli maqolalar körinişida sayt orqali e'lon qilingan edi. Odamlar bu yilgi özgarişlardan katta umid qilişganmi, ular yozgan maktublarda bu haqida juda köp söz yuritilgan. Ularning ayrimlarini e'tiboringizga havola etamiz.

“Assalomu alaykum. Ismim Eldorjon. Men Qaşqadaryo viloyati, Ğuzor tumani, Toşguzar qişloğida yaşayman. Qiş eşigini qoqibdiki, 24 soat davomida 24 daqiqa ham çiroq yonmaydi. Şörtan zavod yonimizda. Şu zavodning zahrini yutib yaşaymiz-u, lekin gazdan darak ham yöq. Hurmatli KUN.UZ xodimlari: oddiy xalq nima qilsin? Iltimos, şu haqda ham biror nima yozinglar, şoyad foydasi tegib qolsa...”.

“Namangan viloyati, Çortoq tumani, Koroskon şaharçasida yaşayman. Qiş mavsumi boşlanişi bilan bir sutkada bor-yöği bir-ikki soat elektr ta'minoti berişyapti. Özim-ku mayli, ammo uyda yoş bolam bor.

Prezidentimiz qişloqlarda ham çiroq öçmasin, deb ta'kidlagandilar. Hayron böladiganim – nega heç kim davlatimiz rahbarining körsatmalariga amal qilmaydi? Yoki hokimlarimiz tomonidan biror öyin körsatilyaptimi? Pullar çöntakka borib tuşyaptimi?

Şahar joylarida elektr energiyasi bilan ta'minlaniş zör, ularda umuman çiroq öçmaydi. Ammo qişloqda öçadi. Nima, qişloqdagilar odam emasmi? Haqiqat qayerda? Nega bir qora xalqqa heç kim qaramaydi?!”.

“Assalomu alaykum KUN.UZ tahririyatining hurmatli xodimlari. Sizlarga şuni ma'lum qilaman-ki, Qaşqadaryo viloyati, Yakkaboğ tumani, “Esat” fuqorolar yiğinida (jami 12 ta qişloq) yaşovçi aholi xonadonida uç kundan buyon elektr energiyasi umuman yöq. Hurmatli KUN.UZ, sizlar Özbekiston Respublikasida 2017 yilda elektr energiyasi bilan boğliq muammolar kuzatilmaydi, deb e'lon qilgan edingiz. Ammo hozirgaça qişloq joylarda çiroq yöq. Nega? Sizlardan iltimos, Prezidentimiz hurmatli Şavkat Mirziyoyev ta'kidlab ötganidek, “biz xalq farovonligi uçun xizmat qilişimiz va biz xalq xizmatkorimiz”, degan şiorga amal qilişingizni söraymiz”.

Murojaatlarning yana birida şunday deyiladi: