Markaziy bank ijtimoiy tarmoqlar va OAVlarda “Turkistonbank” hamda “Hi-tech bank" xususiy aksiyadorlik tijorat banklarining bank faoliyatini amalga oşiruvçi litsenziyasi qaytarib berilişi yuzasidan tarqatilayotgan xabarlar böyiça munosabat bildirdi.

Munosabatda Markaziy bank Boşqaruvining 2022 yil 7 oktyabrdagi 22/1-sonli qaroriga asosan “Hi-tech bank” xususiy aksiyadorlik tijorat bankidan bank faoliyatini amalga oşiriş huquqini beruvçi litsenziyasi çaqirib olingan bölib, şu kuni “Hi-tech bank” tugatiş jarayoni boşlangani eslatib ötilgan.

“Hi-tech bank” xususiy aksiyadorlik tijorat banki tomonidan Özbekiston Respublikasining qonunçiligiga muvofiq har qanday manfaatdor şaxs sudga murojaat etiş huquqidan foydalangan holda Markaziy bank qarori yuzasidan sudga murojaat qilingan.

“Hi-tech bank” xususiy aksiyadorlik tijorat bankining Markaziy bank qarori yuzasidan sudga murojaati protsessual qonunçilik asosida körib çiqilişi mumkin", deyiladi rasmiy xabarda.

Biroq regulyator bergan bayonotda "Turkistonbank"ka töxtalib ötilmagan. Şuningdek, Markaziy bank banklarning litsenziyalariga oid xabarlar töğri yoki notöğriligiga munosabat ham bildirmagan.

Eslatib ötamiz, 26 dekabr kuni tarmoqlarda "Hi-Tech bank va "Turkistonbank"ning litsenziyasi qaytarib berilişi haqidagi xabarlar tarqaldi. Markaziy bank Kun.uz söroviga aniq izoh bermadi. Biroq Kun.uz manbasi bu xabar haqiqatligini tasdiqladi.

27 oktyabrdagi matbuot anjumanida regulyator rahbari “Turkistonbank"da aholining 368 mlrd atrofida, “Hi-tech bank"da esa taxminan 5 mlrd söm mablağlari borligini ma’lum qildi.

Ma’lumot uçun, ikkala bank tomonidan "Banklar va bank faoliyati töğrisidagi qonun"ning 55- va 77-moddalarida belgilangan qoidabuzarliklar sodir etilgani ularning litsenziyasini bekor qilişga asos bölgan.