Yevropaning Airbus samolyotsozlik korporatsiyasi 2035 yilga borib bozorga nol miqdorda zararli gaz çiqaradigan vodorod dvigatelli yölovçi samolyotini taqdim etiş rejasidan voz keçdi, deb yozmoqda The Wall Street Journal.

Airbus rahbari Giyom Fori 2020 yilda kompaniya aviasanoatda «yaşil ötiş»ga boşçilik qilmoqçi ekanini aytgandi. U 15 yil davomida vodorod dvigatelli samolyotlarning uçta tipini seriyali işlab çiqarişga tayyor bölişi taxmin qilingan edi. Ularning eng kattasi 200 nafar yölovçiga möljallangan va parvoz davomiyligi 3,7 ming kilometrga yetişi kerak bölgan.

Airbus vodoroddan yonilği sifatida foydalanişni önlab aviakompaniyalar bazasida va dunyo böylab 200 dan ortiq aeroportlarda sinab kördi. Ixtirolar uçun umumiy hisobda 1,7 milliard yevro sarflandi — bu asosan kompaniyaning öz mablağlari hisobidan. Airbus şuningdek, kompaniyaning eng yirik aksiyadori bölgan Fransiya hukumatidan ham katta miqdorda subsidiya olgan.

Natijada Airbus vodorod yonilğiga ötiş uçun samolyotlar konstruksiyasida katta özgarişlarni amalga oşiriş talab etilişiga işonç hosil qilgan. Şu bois Giyom Fori 2035 yilga qadar «yaşil» samolyotlar paydo bölmasligini ma’lum qildi.