Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev Amerika Qöşma Ştatlarining Vaşington ştatida yuz bergan temir yöl halokati oqibatida köplab insonlar qurbon bölgani munosabati bilan AQŞ Prezidenti Donald Trampga ta'ziya izhor etdi.

Prezident matbuot xizmati bergan xabarga köra, Şavkat Mirziyoyev qurbon bölganlarning oila a'zolari va yaqinlariga hamdardlik bildirib, jabrlanganlarga sihat-salomatlik tiladi.

18 dekabr kuni mahalliy vaqt bilan 7:30da Sietldan 80 km janubdagi Dyupont şahri yaqinida yölovçi poyezdi köprikdan qulab tuşdi. Hodisa oqibatida kamida 6 kişi halok bölib, yuzga yaqin kişi jarohatlandi.