Özbekiston Respublikasi Taşqi işlar vaziri örinbosari Ğayrat Ğaniyeviç Fozilov lavozimidan ozod etildi. Kun.uz muxbiri bilan suhbatlaşgan mutasaddi vakilning aytişiça, Ğayrat Fozilov Özbekistonning Yaponiyadagi favqulodda va muxtor elçisi lavozimiga Senat tomonidan tasdiqlanişi kutilmoqda.

Ma'lum qilinişiça, 20 dekabr kuni Özbekiston Respublikasi Senatining XIII yalpi majlisi kun tartibiga uşbu masala kiritilgan.

Ğayrat Fozilov 1996 yili Jahon iqtisodiyoti va Diplomatiya universitetini tamomlagan. U 2015 yildan buyon Taşqi işlar vaziri örinbosari lavozimida mehnat qilib kelgan. Undan avval, 2012-2015 yillarda Özbekiston Respublikasining NATO huzuridagi missiyasi maslahatçisi, 2010-2012 yillarda esa Özbekiston Respublikasi Taşqi işlar vazirligi Kadrlar va öquv yurtlari boşqarmasi bölim boşliği sifatida xizmat qilgan.