O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 14 dekabrdagi №984-sonli «Yangi uzilgan va qayta ishlangan meva-sabzavot mahsulotlarini eksport qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida»gi qarori qabul qilindi.
Nizomning 2-bobi 3-bandiga ko‘ra, yangi uzilgan meva-sabzavot mahsulotlari jo‘natiladigan mahsulot qiymatining oldindan xorijiy valyutadagi 100 foiz to‘lovi eksport qiluvchilar tomonidan olinganda to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar bo‘yicha eksport qilinadi.
Bunda «O‘zagroeksport» AJga yangi uzilgan meva-sabzavot mahsulotlarini quyidagi shartlarda eksport qilishga ruxsat beriladi:
- Jo‘natiladigan meva-sabzavot mahsulotlari qiymatining oldindan kamida 30 foizi to‘langanda, qolgan qismi uchun esa tasdiqlangan bank akkredetivi ochiladi va birinchi toifali xorijiy bank kafolati rasmiylashtiriladi;
- «O‘zagroeksport» AJning xorijda ochilgan savdo uylari, shuningdek, ishonchli va uzoq muddatli sheriklar hisoblangan yetakchi xorijiy import qiluvchi tashkilotlarga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarori bilan tasdiqlangan ro‘yxat bo‘yicha oldindan to‘lovsiz, tasdiqlangan bank akkreditivini ochmasdan yoki birinchi toifali xorijiy bank kafolatini rasmiylashtirmasdan;
Eksport qiluvchilar tashqi bozorlarga yangi uzilgan meva-sabzavot mahsulotlarini «O‘zgaroeksport» AJ bilan tuziladigan vositachilik shartnomasi asosida ushbu (3-) bandning uchinchi va to‘rtinchi xatboshilarida qayd etilgan shartlar bo‘yicha yetkazib berishlari mumkin.
4. Quritilgan va qayta ishlangan meva-sabzavot mahsulotlari eksport qiluvchilar tomonidan, shu jumladan «O‘zagroeksport» AJ tomonidan oldindan to‘lovsiz, tasdiqlangan bank akkreditivini ochmasdan yoki bank kafolatini rasmiylashtirmasdan, eksport kontraktlari siyosiy va tijorat tavakkalchiliklaridan sug‘urtalash polisisiz xorijiy valyutada eksport qilinishi mumkin.
5. Eksport qiluvchining ilgari eksportga yetkazib berish bo‘yicha muddati o‘tgan debitorlik qarzi bo‘lsa, tovarlarni















