AQŞ çempionati (MLS) futbolçilar kasaba uyuşmasi 2017 yilda eng köp maoş oladigan futbolçilar röyxatini e'lon qildi.
Unga köra, «Orlando Siti»ning 35 yoşli braziliyalik futbolçisi Kaka reytingni boşqarib turibdi. Uning yillik maoşi 7,17 million dollarni taşkil qiladi.
«Çikago Fayr»ning yangi a'zosi Bastian Şvaynştayger eng köp maoş oladigan futbolçilar kuçli öntaligidan örin olgan. Nemis futbolçisining maoşi 5,4 million dollar.
MLS-2017ning eng köp maoş oladigan futbolçilar top-10:
1. Kaka («Orlando Siti») – 7,17 million dollar.
2. Sebastyan Jovinko («Toronto») – 7,12
3. Maykl Bredli («Toronto») – 6,5
4. Andrea Pirlo («Nyu-York Siti») – 5,9
5. David Vilya («Nyu-York Siti») – 5,6
6. Jovani dos Santos («Los-Anjyeles Gelaksi») – 5,5
7. Bastian Şvaynştayger («Çikago Fayr») – 5,4
8. Jozi Altidor («Toronto») – 4,9
9. Klint Dempsi («Siettl Saunders») – 3,9
10. Diyego Valeri («Portlend Timbers») – 2,6
Ötgan yilgi reytingda bölgan, Stiven Jyerrard va Frenk Lempard faoliyatini tugatgani sababli bu reytingdan çiqarilgan.

















