Özbekiston Respublikasi Senatining navbatdagi, XIII yalpi majlisi öz işini boşladi.

Majlisni rasmiy ma'ruza bilan Senat raisi Niğmatulla Yöldoşev boşlab bergan. Rais öz nutqida tugallanib borayotgan joriy yilda amalga oşirilgan işlarni sarhisob qilib, ayrim senatorlarning faoliyatini tanqid qilib ötdi. 

Uning ta'kidlaşiça, «ayrim senatorlarning uzviy, doimiy va samarali iş faoliyatini yölga qöymagani» bilan boğliq holatlar hanuzgaça uçrab turibdi. Şuningdek, senatorlar joylardagi «dolzarb masalalarni Senat muhokamasiga kiritib borişda faol taşabbus bildirmayapti».

Majlis kun tartibiga qator qonunlarni körib çiqiş, ularga özgartiş va qöşimçalar kiritiş rejalaştirilgan. Jumladan, «Soliq va byudjyet siyosatining 2018 yilga möljallangan asosiy yönalişlari qabul qilingani munosabati bilan Özbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga özgartiş va qöşimçalar kiritiş töğrisida» Özbekiston Respublikasi Qonuni, «Özbekiston Respublikasining Mudofaa doktrinasi töğrisida»gi qonun, «Özbekiston Respublikasining Iqtisodiy protsessual kodeksini tasdiqlaş töğrisida»gi qonunlarni körib çiqiş belgilangan.

Senatorlar şuningdek, «Özbekiston Respublikasi temir yöl transporti xodimlari kunini belgilaş töğrisida»gi qonun, «Özbekiston Respublikasi quriliş sohasi xodimlari kunini belgilaş töğrisida»gi qonun hamda «Kelajak bunyodkori» medalini ta'sis etiş töğrisida»gi Özbekiston Respublikasining Qonunini körib çiqişlari kutilmoqda.

Senat yalpi majlisida Özbekiston Respublikasi içki işlar vazirining içki işlar organlarining jinoyatçilikka qarşi kuraşiş va huquqbuzarliklar profilaktikasi sohasidagi faoliyati töğrisidagi axboroti tinglanadi.

Bundan taşqari, 2018 yilda fermer xöjaliklarini bosqiçma-bosqiç köp tarmoqli fermer xöjaliklariga aylantiriş böyiça dastur körib çiqiladi.