20 dekabr kuni Özbekiston Respublikasi Senatining XIII yalpi majlisi kun tartibiga 26ta masala qöyilgan bölib, jumladan, Özbekiston Respublikasining 2018 yilgi Davlat byudjyeti, yangilangan Mudofaa doktrinasi kabi hujjatlar tasdiqlanişi kutilmoqda. Bu haqda Kun.uz muxbiri xabar beradi.
Ma'lum qilinişiça, Senat a'zolari "Soliq va byudjyet siyosatining 2018 yilga möljallangan asosiy yönalişlari qabul qilingani munosabati bilan Özbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga özgartiriş va qöşimçalar kiritiş töğrisida"gi Özbekiston Respublikasi qonunini körib çiqişi belgilangan.
Şuningdek, Özbekiston Respublikasi Oliy sudi tarkibiga özgartirişlar kiritiş töğrisidagi, Özbekistonning Yaponiya va Gruziyadagi elçilarini lavozimiga tayinlaş töğrisidagi masalalar körib çiqiladi.
Kun.uz muxbiri xabariga köra, Özbekistonning Gruziyadagi elçisi lavozimiga ayni paytda Özbekistonning Ozarboyjondagi elçisi Şerzod Fayziyev örindoşlik asosida tayinlanişi kutilmoqda.











